TGTGInsightinteligencia telegramLIVE / telegram public index
← Surxon Davlat Qo`riqxonasi
Surxon Davlat Qo`riqxonasi avatar

TGINSIGHT POST

Post #11199

@sdqsurxon

Surxon Davlat Qo`riqxonasi

Vistas498Número de vistas
Publicado14 jul14/07/2025, 16:12
Contenido del post

Contenido

O‘zbekiston Respublikasi “Qizil kitob”iga kiritilgan, zaharli va noyob turga mansub 23 bosh kobra, ko‘lvor (Naja oxiana) ilonlari yana o‘zining tabiiy yashash muhitiga — tabiat qo‘yniga qaytarildi! 🇺🇿 📌 Ushbu ilonlar ilgari O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining davlat ekologik inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan reydlar davomida fuqarolardan noqonuniy ravishda saqlab turilgan holatda aniqlanib, tortib olingan edi. ⚖️ Noyob yovvoyi hayvonlarni qonunga xilof ravishda qo‘lga kiritish, saqlash yoki ularni tabiiy muhitidan yulib olish — Ekologiya kodeksi hamda "Hayvonot dunyosini muhofaza qilish to‘g‘risida"gi qonunlarga zid hisoblanadi. 🧪 Ilonlar vaqtincha “Toshkent hayvonot bog‘i”da saqlanib turgan edi. Shundan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti tomonidan 2025-yil 17-iyundagi tegishli ilmiy xulosa asosida ularni Surxon davlat qo‘riqxonasi Kampirtepa, Sherjon va Sholkon hududlariga ko‘chirishga qaror qilindi. 📆 2025-yil iyun oyining oxiri — iyul boshlarida, salqin tong va kechki soatlarda, reintroduksiya (tabiatga qaytarish) jarayoni amalga oshirildi. 👨‍🔬 Ushbu muhim ekologik tadbir Zoologiya instituti mutaxassislari, Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi hamda viloyat Milliy gvardiya boshqarmasi inspektorlari ishtirokida olib borildi. 🔍 Reintroduksiya nafaqat muhofaza ostidagi hayvonlarni asrash, balki ekotizim barqarorligini tiklash, bioxilma-xillikni qo‘llab-quvvatlash yo‘lida katta ahamiyatga ega. 💡 Eslatma: Yovvoyi hayvonlar — tabiat mulki! Ularni noqonuniy saqlash, sotish yoki uy sharoitida boqish — jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati 📲 Kanalga ulanish: https://t.me/surxoneko