TGTGInsightinteligencia telegramLIVE / telegram public index
← Surxon Davlat Qo`riqxonasi
Surxon Davlat Qo`riqxonasi avatar

TGINSIGHT POST

Post #12404

@sdqsurxon

Surxon Davlat Qo`riqxonasi

Vistas319Número de vistas
Publicado23 ene23/01/2026, 16:37
Contenido del post

Contenido

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi tasarrufidagi “Surxon” davlat qo‘riqxonasining “Xatak” bo‘limida shu kunlarda kuzatilayotgan noqulay ob-jhavo sharoitida ovvoyi hayvonlarni saqlab qolish maqsadida biotexnik tadbirlar tashkil etildi.. Ushbu tadbirlarning asosiy maqsadi biologik xilma-xillikni saqlash, qish mavsumida yovvoyi hayvonlarning barqaror populyatsiyalarini qo‘llab-quvvatlash hamda sovuq va ayozli ob-havo sharoitlarining tabiiy ekotizimlarga salbiy ta’sirini kamaytirishdan iborat. Biotexnik tadbirlar doirasida xodimlar tomonidan ozuqa maydonchalari tashkil etilib, ularga xizmat ko‘rsatish ishlari amalga oshiriladi. Qish mavsumida yovvoyi hayvonlarni qo‘shimcha oziqlantirish choralari ko‘rilib, ularning tabiiy ozuqa bazasini saqlab qolish bo‘yicha ham zarur ishlar olib boriladi. Shu bilan birga, doimiy ekologik monitoring tashkil etilib, hayvonlarning faolligi kuzatiladi, ozuqa maydonchalaridan foydalanish darajasi hamda tabiiy muhitning umumiy holati baholanadi. Kuzatuvlar natijasiga ko‘ra ob-havo sharoitlari va boshqa omillarning ekotizimlarga ta’siri tahlil qilinib, zarurat tug‘ilganda tadbirlar samaradorligini oshirish maqsadida ish jarayoniga tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi. Mazkur faoliyat yovvoyi tabiatni asrash, ekologik muvozanatni saqlash hamda qo‘riqxona hududida tabiiy muhit barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi. Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati Kanalga ulaning: https://t.me/surxoneko