TGTGInsightinteligencia telegramLIVE / telegram public index
← Surxon Davlat Qo`riqxonasi
Surxon Davlat Qo`riqxonasi avatar

TGINSIGHT POST

Post #12642

@sdqsurxon

Surxon Davlat Qo`riqxonasi

Vistas273Número de vistas
Publicado3 feb03/02/2026, 13:54
Contenido del post

Contenido

3-fevral — Xalqaro qushlarni oziqlantirish kuni munosabati bilan aksiya o‘tkazildi 3-fevral — Xalqaro qushlarni oziqlantirish kuni munosabati bilan Surxondaryo viloyatida “Qishda qushlarga ko‘mak” aksiyasi tashkil etildi. Mazkur tadbir “Surxon” davlat qo‘riqxonasi tashabbusi bilan amalga oshirildi. Aksiya doirasida sovuq qish kunlarida qushlarning ozuqa topishini osonlashtirish maqsadida maxsus ozuqalar qo‘yildi hamda qushlar uchun inlar yasalib, daraxtlarga o‘rnatildi. Shuningdek, Sherobod tumanidagi 36 va 25-sonli umumta’lim maktablari o‘quvchilari ushbu tashabbusda faol ishtirok etib, tabiatni asrashga qaratilgan amaliy ishlarda qatnashdilar. Mazkur aksiya yosh avlodda tabiatga mehr-muhabbatni oshirish, ekologik madaniyatni shakllantirishga xizmat qilmoqda. Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati Kanalga ulaning: https://t.me/surxoneko