Contenido
Bugun, 3-fevral — Xalqaro qushlarni oziqlantirish kuni. Mazkur sana munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi tashabbusi bilan respublika bo‘ylab “Qishda qushlarga ko‘mak” aksiyasi o‘tkazilmoqda. Ushbu xayrli tashabbusda “Surxon” davlat qo‘riqxonasi xodimlari ham faol ishtirok etib. qo‘riqxona mutaxassislari tomonidan qushlarning qish faslini talofatsiz o‘tkazishi uchun qulay hududlar tanlanib, maxsus tayyorlangan inlar o‘rnatildi hamda ozuqalar qo‘yildi. Ta’kidlash joizki, qushlarga g‘amxo‘rlik qilish ekotizim muvozanatini saqlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Tabiatni asrash — har birimizning burchimizdir. Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati Kanalga ulaning: https://t.me/surxoneko