Contenido
#Radio_eshitirish “Surxondaryo” radiokanalining navbatdagi “Inson va tabiat” eshitirishi mehmoni Surxon davlat qo‘riqxonasi Ilmiy ishlar va ekologik ma’rifat bo‘yicha direktor o‘rinbosari M.Mamatqulov bo‘ldilar. Suhbat jarayonida vohamizning betakror tabiatini asrab-avaylash, bioxilma-xillikni saqlash va kelajak avlodga bezavol yetkazish borasidagi muhim masalalar atroflicha muhokama qilindi. Eshitirish davomida: •Noyob flora va fauna: Surxon davlat qo‘riqxonasida yashayotgan, "Qizil kitob"ga kiritilgan hayvonot va o‘simlik dunyosini muhofaza qilish. •Ilmiy tadqiqotlar: Hududda olib borilayotgan so‘nggi ilmiy izlanishlar va ekotizimni muvozanatda saqlash choralari. •Ekologik ma’rifat: Aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida ekologik madaniyatni yuksaltirishning ahamiyati. •Tabiatni asrash — umumiy ish: Har bir fuqaroning ona tabiat oldidagi mas’uliyati haqida so`z yuritilgan . 🦌🦌Surxon davlat qo'riqxonasi 🦌🦌 TelegramInstagramYouTubeFacebook Telegram Surxon Davlat Qo`riqxonasi Flora va fauna