TGTGInsightinteligencia telegramLIVE / telegram public index
← Surxon Davlat Qo`riqxonasi
Surxon Davlat Qo`riqxonasi avatar

TGINSIGHT POST

Post #12833

@sdqsurxon

Surxon Davlat Qo`riqxonasi

Vistas269Número de vistas
Publicado26 feb26/02/2026, 07:26
Contenido del post

Contenido

🌸 Surxon davlat qo‘riqxonasida bodom gulladi! Bahorning ilk nafasi va darakchisi bo`lmish O‘zbekistonning eng janubiy va eng sirli go‘shalaridan biri — Surxon davlat qo‘riqxonasiga kirib keldi. Ko‘hitang tog‘lari bag‘rida oppoq va nimpushti rangga burkangan yovvoyi bodom gullari tabiatning uyg‘onishidan darak bermoqda. Surxon qo‘riqxonasi — dunyoda kam sonli qolgan burama shoxli echkilar (Morxo‘r) va boshqa noyob turlarning yashash makoni bo`lmish hududi hamdir Bu yerda tabiat o‘zining asl, inson qo‘li tegmagan holatini saqlab qolgan noyob hududlardan biridir. Bodom gullari qorlar, qoyalar va archazorlar bilan uyg‘unlashib, betakror landshaft hosil qiladi. Bu gullar nafaqat bahor elchisi, balki tabiatni asrashimiz kerakligi haqidagi eslatmadir. Kelajak avlodlar ham ushbu go‘zallikdan bahramand bo‘lishi uchun uni birgalikda asraylik! 🦌🦌Surxon davlat qo'riqxonasi 🦌🦌 TelegramInstagramYouTubeFacebook Telegram Surxon Davlat Qo`riqxonasi Flora va fauna