TGTGInsightinteligencia telegramLIVE / telegram public index
← Surxon Davlat Qo`riqxonasi
Surxon Davlat Qo`riqxonasi avatar

TGINSIGHT POST

Post #12875

@sdqsurxon

Surxon Davlat Qo`riqxonasi

Vistas210Número de vistas
Publicado13 mar13/03/2026, 06:12
Contenido del post

Contenido

🐦‍⬛️ Columba livia- Сизый голуб- Ko‘k kaptar O‘rta kattalikdagi kaptar. Patlarining umumiy rangi ko‘kimtir. Yon tomondan qaralganda qanot bo‘ylab ikkita uzluksiz qora chiziq ko‘rinadi. Ba’zi holatlarda orqa tomonda keng oq yoki biroz zangori chiziq ko‘rinadi. Dumida boshqarish patlarining qora uchlari aniq ko‘rinib turadi. Parvozda pastdan qaralganda qanotlarning ostki tomoni tananing ostki tomoniga qaraganda ancha ochligi seziladi. Bo‘yinda yashil metall tovlanish chiziqlar mavjud, tomog`i mis-qizil. Rangida jinsiy dimorfizm yo‘q. Yosh kaptarlarning bo‘ynida metall tovlanish yo‘q, orqa tomonidagi oq rangi ko‘pincha zangori rang bilan aralashgan bo‘ladi. Qanoti uzunligi - 184-240 mm. Qo‘riqxona xududida yil davomida iqlimning qulayligiga qarab bir necha bor tuxum qo`yadi. 🦌🦌Surxon davlat qo'riqxonasi 🦌🦌 TelegramInstagramYouTubeFacebook Telegram Surxon Davlat Qo`riqxonasi Flora va fauna