TGTGInsightinteligencia telegramLIVE / telegram public index
← Surxon Davlat Qo`riqxonasi
Surxon Davlat Qo`riqxonasi avatar

TGINSIGHT POST

Post #12888

@sdqsurxon

Surxon Davlat Qo`riqxonasi

Vistas190Número de vistas
Publicado13 mar13/03/2026, 06:23
Contenido del post

Contenido

Oves vignei Bluth -Бухарский горный баран -Buxoro tog‘ qo‘yi (mobil tasvir) O‘zR “Qizil kitobi”da: 1 (CR), TMIX: 1 VU, SITESning II-Ilovasi Buxoro tog‘ qo‘yi jufttuyoqlilar turkumi, qovushshoxlilar oilasining tog‘ qo‘ylari avlodiga kiradi. Ular gavdasining tuzilishi, xulqi echkilarnikiga juda o‘xshaydi, lekin soqolli, erkagida hid chiqaradigan bezining bo‘lmasligi, shoxining uch qirrali va burama bo‘lishi bilan echkilarnikidan farq qiladi. Qo‘riqxonaning barcha hududida uchraydi , qishda boshqa hududlarga ko‘chib ketadi. Buxoro tog‘ qo‘yi Ko‘hitang, Boysuntog‘, Hisor, Bobotog‘ tizmalarida uchraydi. Tog‘larning dengiz sathidan 800-2500 m balandlikdagi dashtlari va siyrak archazorli qismlarida yashaydi. Poda bo‘lib yashaydi, mavsumiy ko‘chadi. Juftlashish davri noyabr-dekabr oylari bo‘lib, aprel-mayda 1-2ta bolalaydi. Bolalari bir yoshgacha onasidan ajramaydi. Asosan o‘tsimon o‘simliklar, daraxt va butalarning bargli novdalari bilan oziqlanadi. TelegramInstagramYouTubeFacebook