TGTGInsightinteligencia telegramLIVE / telegram public index
← Surxon Davlat Qo`riqxonasi
Surxon Davlat Qo`riqxonasi avatar

TGINSIGHT POST

Post #13074

@sdqsurxon

Surxon Davlat Qo`riqxonasi

Vistas449Número de vistas
Publicado24 mar24/03/2026, 10:06
Contenido del post

Contenido

Surxon" davlat qo‘riqxonasida o'txo‘r hayvonlar uchun tabiiy oziq muvozanatini saqlash maqsadida tuz qo‘yib chiqildi. Tadbir davomida qo‘riqxona hududidagi turli bo‘limlarga jami 18 tonnadan ortiq tuz tarqatildi. Biotexnik tadbirlar yovvoyi hayvonlar uchun qulay hayot sharoitlarini yaratish, ularning oziq-ovqat balansini tartibga solish hamda tabiiy ekotizim barqarorligini saqlash maqsadida amalga oshiriladi. O‘txo‘r hayvonlar, ayniqsa, qish va erta bahor davrida mineral moddalar yetishmovchiligini sezadi. Shuning uchun qo‘riqxona hududida muntazam ravishda tuz va boshqa mineral qo‘shimchalar tarqatilib, hayvonlarning sog‘lom rivojlanishi uchun sharoit yaratiladi. Ma’lumot o‘rnida, "Surxon" davlat qo‘riqxonasida jami 7 ta bo‘lim va 10ta aylanma mavjud bo‘lib, ushbu tadbirlar qo‘riqxonaning barcha hududlarida bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. 🦌🦌Surxon davlat qo'riqxonasi 🦌🦌 TelegramInstagramYouTubeFacebook Telegram Surxon Davlat Qo`riqxonasi Flora va fauna