Contenido
🌼Eranthis longistipitata, Uzunbandli shibaterantis,🌼 Birinchi bora qish faslida gullagani kuzatildi. Bo’yi 10-15 sm gacha o'sadigan ko’p yillik o'simliklardir. Gullari sariq va bahorda birinchilardan bo'lib, subtropik iqlim sharoitida yanvar oyida o'sib chiqadi, garchi keyinchalik qishki qor qoplami erimasa ham ular sovuqqa chidamli va yangi qor qoplamidan osongina o'sib chiqa oladi. Barglari faqat gullab bo'lganidan keyingina to'liq kengayadi. Urug'lari 5-8 sm diametrli, bir nechta tirqishli va faqat 2-3 oy davom etadi, kech bahorda nobut bo'ladi. Bu o'simlik turlari bahorgi efemerlar bo'lib, o’rmon zonalarda o'sadi va daraxtlarning barglari chiqishidan oldin quyosh nuridan foydalanib o'sib oladi. Daraxt barglarining soyasi zichlashganda yoki quruq joylarda, yoz qurg'oqchil kelganda tez nobut bo'ladi. Surxon davlat qo’riqxonasida muhofaza qilinadi. 🦌🦌Surxon davlat qo'riqxonasi 🦌🦌 TelegramInstagramYouTubeFacebook Telegram Surxon Davlat Qo`riqxonasi Flora va fauna