TGTGInsightinteligencia telegramLIVE / telegram public index
Contenido del post
Contenido
O'zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo’mitasining tasarrufidagi “Surxon” davlat qo’riqxonasi hududida o‘rnatilgan fotoqopqonga bo‘rsiq muhrlandi. Bo’rsiqlar juda moslashuvchan va turli sharoitlarda yashaydilar. Ideal yashash joyi Oʻzbekistonda keng tarqalgan ochiq maydonlarga tutashgan bargli, ignabargli yoki aralash oʻrmonlardir. Bo'rsiqlarning vazni 7 dan 17 kg gacha, uzunligi esa 56 sm dan 90 sm gacha. Ular mayda kemiruvchilar, qurbaqalar, kaltakesaklar, qushlar va ularning tuxumlari, shuningdek, mevalar, yong'oqlar va qo'ziqorinlar bilan oziqlanadi. Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati Kanalga ulaning: https://t.me/surxoneko