Contenido
«Surxon» davlat qo‘riqxonasiga noqonuniy kirgan shaxslarga nisbatan choralar ko‘rildi. Surxon davlat qo'riqxonasi qo`riqlash hodimlari tomonidan o`tkazilgan navbatdagi tezkor reyd tadbirlari davomida hududning Vandob bo`limida fuqoro S.G’, Xatak bo’limida fuqorolar N.J va M.K, Shalqon bo’limida fuqoro X.R, Sherjon bo`limida fuqoro Y.A qo’riqxona rejimini buzib yurganlik holati aniqlandi. Holat yuzasidan fuqarolarga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining 82-moddasi 1-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib har bir fuqoroga nisbatan BHMning 10 baravari - 4 million 120 ming so’mdan jarima belgilanib birlamchi xujjatlar rasmiylashtirildi. 🦌🦌Surxon davlat qo'riqxonasi 🦌🦌 TelegramInstagramYouTubeFacebook