Contenido
Hurmatli yurtdoshlar! Sizlarni eng qadimiy va eng aziz bayramlarimizdan biri – Navroʻz umumxalq bayrami munosabati bilan chin qalbimdan tabriklaymiz! Surxon davlat qoʻriqxonasi jamoasi tabiatimizni asrab-avaylash, milliy boyligimizni kelajak avlodlarga yetkazish yoʻlida astoydil xizmat qiladi. Navroʻz esa bizga yana bir bor tabiat bilan uygʻun yashash, uni muhofaza qilish naqadar muhim ekanligini eslatadi. Yangi yil boshi sanalmish bu ulugʻ ayyom barchamizga farovonlik, fayz-baraka, mustahkam sogʻlik va ulkan muvaffaqiyatlar olib kelsin! Doim yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, yuraklarimiz esa shodlik va umidga toʻla boʻlsin! Navroʻz muborak bo‘lsin! Hurmat bilan, Turdiyev Rustam Yalg‘ashevich boshchiligidagi Surxon davlat qo‘riqxonasi jamoasi