TGTGInsightinteligencia telegramLIVE / telegram public index
← Web Academy
Web Academy avatar

TGINSIGHT POST

Post #38

@webacademy4u

Web Academy

Vistas106Número de vistas
Publicado14 mar14/03/2022, 15:08
Contenido del post

Contenido

​​COURSERA platformasidan yangi va bepul onlayn kurs!🎉 E’tiboringizga Pensilvaniya universiteti tomonidan yaratilgan va AQSh Davlat departamenti tomonidan moliyalashtirilgan kursni taqdim etamiz. 📌Ushbu kurs barcha ingliz tilini horijiy til sifatida o’rganuvchilar uchun bepul! 🔎Kursda nimani o’rganasiz? Kurs global bozorda o'z ish faoliyatini “karyerasini” rivojlantirishga qiziqqan insonlar uchun mo'ljallangan. Ushbu kursda siz Amerika Qo'shma Shtatlarida ish qidirish, ariza berish va suhbat jarayonini o'rganasiz, shu bilan birga o'z mamlakatingizdagi huddi shu jarayonni taqqoslash va tahlil qilish imkoningiz bo’ladi. Ushbu kurs sizga global martabaga erishish imkoniyatini beradi, shu bilan birga professional maqsadlaringizga erishish uchun ingliz tili bo’yicha bilimlaringizni orttirishga ko’maklashadi. ⏳Kurs davomiyligi O’rtacha 40 soatdan iborat 💻O’qish tarzi 100% onlayn Bugunoq yoziling! Rasmiy havola