TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← ai mastava
ai mastava avatar

TGINSIGHT POST

Post #471

@aimastava

ai mastava

Vaatamised2,130Vaatamiste arv
Avaldatud16. apr16.04.2026, 18:09
Sisu

Postituse sisu

Anthropic Claude Opus 4.7 ni ommaga taqdim etdi. Bu shunchaki navbatdagi yangilanish emas, balki kodlash va biznes jarayonlarini avtomatlashtirishda haqiqiy "ishchi kuchi". Model endi vazifalarni shunchaki qabul qilibgina qolmay, oxirgi natijani o'zi tekshiradi va xatolarni to'g'rilaydi. Ko'rish qobiliyati qariyb uch barobar kuchaygan — endi u 3.75 megapikselgacha bo'lgan arxitektura yoki murakkab dizayn chizmalarini ham bemalol tahlil qila oladi. Qisqasi, avtonom agentlar endi haqiqatan ham mustaqil va mantiqiy ishlaydi. Tizimni tezlashtirish va samaradorlikni oshirish uchun Claude Code'ga jiddiy vositalar qo'shildi. Eng muhimi — kodni va arxitekturani chuqur tahlil qilib, inson ko'zi ilg'amaydigan xatolarni topadigan yangi /ultrareview buyrug'i va modelga mustaqil qaror qabul qilish vakolatini beruvchi "auto mode". Ya'ni, uzoq davom etadigan texnik jarayonlarda model har qadamda ruxsat so'rab o'tirmay, ishi oxiriga yetkazadi. Narx siyosati o'zgarmagan (million token uchun $5/$25), biroq chuqur mantiq talab qiladigan murakkab masalalar uchun yangi "xhigh" (o'ta yuqori) urinish darajasi joriy etildi. Lekin e'tibor berish kerak bo'lgan bitta nozik tarafi bor: Opus 4.7 yangi tokenizatorga o'tgani sababli, kiritilgan ma'lumotlar hajmi 10-35% gacha ko'proq token sarflaydi. "Profit First" yondashuvi bilan qarasak, dastlabki xarajat oshgandek ko'rinadi, lekin model masalani bir urinishda to'g'ri hal qilgani uchun, qayta ishlashga ketadigan resurs va vaqt baribir tejaladi. Bu kelajakdagi o'ta kuchli "Mythos" modeli oldidan qilingan strategik yurish hamda vaqtni behuda sarflamay, aniq tizimga asoslanib ishlaydiganlar uchun qulay tool. @aimastava