#blog#day1
⚠️ Assalomu alaykum, dizayn ixlosmandlari!
❤️🔥Bugundan men ham o'z grafik dizayn blogimni boshlayapman.
💎 Bu yerda men grafik dizayndagi muammolar, chalkashliklar va ko‘p uchraydigan xatolar haqida gaplashaman — eng muhimi, ularning oddiy, samarali yechimlari bilan bo‘lishaman!
Nega bu blog?
Chunki har kuni dizaynerlar bir xil savollar, muammolar, tanlovlar va noaniqliklarga duch kelishadi. Bu blog orqali sizga yordam beraman:
✅ Yaxshi dizayn qilish uchun maslahatlar
✅ Real loyihalarda ishlaydigan texnika va yechimlar
✅ Dizayn o‘zgarishining sabab va oqibatlari
Har kuni bitta muammo va bitta yechim!
Agar siz ham dizayn yo‘lida qiynalayotgan bo‘lsangiz — bu blog aynan siz uchun. 📣
🔥Keling, dizaynni birgalikda yengillashtiramiz!
#blog#day8
Faqat chiroyli dizayn qilish yetarli emas. Agar siz mijozni bir marta jalb qilsangiz-u, keyingi safar sizni eslamasa — bu muvaffaqiyatli brend emas. Sizga sodiq mijozlar kerak — ya’ni siz bilan yana va yana ishlaydigan mijozlar.
⸻
❌Muammo nima?
“Siz chiroyli dizayn qilasiz, lekin mijoz bir marta ishlaydi xolos.”
Bu juda keng tarqalgan muammo. Dizaynerlar, marketologlar yoki xizmat ko‘rsatuvchilar mijozdan faqat bitta buyurtma olishadi, shundan keyin aloqa uziladi. Buning sababi shundaki, ular munosabat qurmaydi, faqat loyiha bilan cheklanib qolishadi.
⸻
✅ Yechim nima?
1. Loyiha tugagach, muloyim xabar yozing:
“Keyingi safar yordamim kerak bo‘lsa, doim tayyorman!”
Bu gap oddiy ko‘rinsa-da, mijozga siz ochiq eshik qoldirayotganingizni bildiradi. U sizni professional, qulay va do‘stona inson sifatida eslab qoladi.
2. Doimiy mijozga kichik bonus bering:
Bepul vizitka, banner, yoki kichik dizayn.
Bu nafaqat rahmat aytish, balki ularni yana kelishga undash. Bunday sovg‘alar mijozda iliq xotira qoldiradi.
3. 1 hafta o‘tib hol so‘rashingiz mumkin:
“Salom, o‘sha banner foydali bo‘ldimi? Hammasi yaxshi ishladimi?”
Bu orqali siz mijozni qadrlayotganingizni, uning ishiga beparvo bo‘lmasligingizni ko‘rsatasiz. Aynan shu kichik aloqa sizni raqobatchilardan ajratadi.
⸻
🧠Tavsiya:
“Mijozni emas, munosabatni rivojlantiring”
Bu juda kuchli fikr. Siz mijoz bilan shunchaki bir marta ishlamasdan, doimiy aloqada bo‘lishni maqsad qilishingiz kerak. Bu yondashuv orqali siz:
• Sodiq mijozlarga ega bo‘lasiz,
• Tavsiyalar orqali yangi mijozlar topasiz,
• Ishonchli brendga aylanasiz.
⸻
✅Yakuniy xulosa:
• Dizayn — bu faqat mahsulot.
• Mijoz bilan insoniy aloqani rivojlantirish — bu sizning brendingiz.
• Kimki mijozini qadrlasa, mijoz ham uni unutmaydi.
@muhammadjon_0161https://t.me/designbymuhammadjon
#blog#day7
Vaqtni rejalashtirish ilovalari va uslublari
⏰Hamma yosh dizaynerlarda va hattoki kotta dizaynerlarda ham vaqt boshqarish juda mushkul ish chunki dizaynerlarga doim deadline va ishga vaqt ajratish muammo bo'lib kelgan menimcha davom etadi ham lekin shu dizaynerlar orasida vaqtni taxsimlab borsak hammadan tez yuksalamiz va hattoki hamma ishlarimizni o'z vaqtida qilib boshqa ishlarga ham vaqt ajrata olamiz!
👎 Muammo: Dizayn topshiriqlari ortib ketadi, lekin siz hech biriga yetib bormaysiz.
✅ Yechim: Vaqtingizni boshqaring:
🚛Har kuni ertalab 3 asosiy vazifani belgilang
"Pomodoro" usuli: 25 daqiqa ishlang, 5 daqiqa tanaffus
Asana, Notion, Google Calendar — ishlarni rejalashtirish uchun ideal.
Tavsiya: Har haftaning boshida 1 soat vaqt ajratib, haftalik reja tuzing
@muhammadjon_0161https://t.me/designbymuhammadjon
#blog#day6
🗣Brifni so‘rash
⚜ Mijoz nima istayotganini tushunish siri ❗️
❌Muammo: Mijoz "shunaqa narsa kerak" deydi, lekin bu juda umumiy. Dizayner sifatida nima qilishni tushunmay qolasiz.
✅Yechim: Har bir loyiha boshlanishida mijozga aniq savollar bering:
Dizayn nimaga xizmat qiladi?
Qaysi auditoriyaga mo‘ljallangan?
⏺Rangi, uslubi haqida aniq istaklar bormi?
Tavsiya: Iloji boricha klient bilan koʻrishib bir piola choy ustida yaxshi tushinib brif qilgan yaxshi yechim agarda iloji boʻlsa.
🔴Chunki tayyor shablon savolga bir xilgi javoblar sizni qoniqtirmaydi shuning uchun brifda sizga nimalar kerak logo tayyorlashingizda qayerlarini oʻrganishingiz kerak shuni aniq qilib puxta brif tuzishga harakat qiling.
⚠️Agarda koʻrishib gaplashishga sharoit toʻgʻri kelmasa online suxbat qiling koʻrishib gaplashib oling
🔴
@muhammadjon_0161https://t.me/designbymuhammadjon
#blog#day5
✍️Mijoz bilan yozishish
🤝Qanday yozsangiz, sizga ishonch ortadi
❌Muammo: "Mijoz bilan yozishsam, jiddiy ko'rinmayapman."
✅Yechim:
Har doim salom bilan boshlang:
"Assalomu alaykum, sizga qanday yordam bera olaman?"
🔴Yozishda strukturaga rioya qiling:
❗️Muammo
Taklif
Narx
❌Hech qachon shunday yozmang:
"Nma qilay?" yoki "OK, brat."
Professional misol:
👋 "Salom! logo uchun 3 variant tayyorlayman. Narxi: ( oʻzingizdan kelib chiqib ) $ or sum. 2ta bepul tahrir kiritilgan."
➡️Tavsiya: Google Docs'da shablon BRIEF ( yozishmalar ) tayyorlab qo'ying.
@muhammadjon_0161https://t.me/designbymuhammadjon
#blog#day4
💵 Narxni qanday belgilayman?
💸 “Logotip necha pul?” degan savolga qanday javob berish kerak?
👎 Muammo: “Men narx aytganda mijoz cho‘chib qoladi yoki pastroq so‘raydi.”
✅ Yechim:
Narxni quyidagicha belgilang:
1. Ishga ketadigan vaqt (soatlab baholang)
2. O‘z tajribangiz va bozordagi o‘rtacha narxni inobatga oling
3. Fiks narxlar seti tuzing: Masalan — Logotip: 200
💲, Poster: 10
💲
Tavsiya: Har doim xizmat qiymatini tushuntirib bering. “Bu logotip faqat chiroy emas — bu brend qiymati.”
💰 Bonus: “Narxni so‘ramasdan oldin xizmatlar ro‘yxati” — shablon tayyorlab qo‘ying!
@muhammadjon_0161https://t.me/designbymuhammadjon
#blog#day3
💯Portfolio yo‘q, ish yo‘q...
🗿 Buyurtmachisiz portfolio yaratish mumkinmi?
⏳ Muammo: “Men hali hech qanday buyurtma bajarmaganman — nima ko‘rsataman?”
➡️ Yechim:
Hech qanday muammo yo‘q. Mana siz uchun 3ta yo‘l:
🟢 1. O‘zingizga “sun’iy” buyurtma o‘ylab toping (masalan: "maketda shirinlik do‘koni uchun logo").
🟢 2. Do‘stlaringiz yoki qarindoshlaringiz biznesi uchun dizaynlar qilib bering.
🟢 3. Mashhur brendlar uchun “fan design” qiling.
Shu yo‘l bilan 5–6 ta ish tayyorlang va Behance yoki Instagramga joylashtiring.
Shaxsan o'zimda ham shu kabi muammolar juda ko'p bo'lgan eng sifatli va eng foyda bergan yo'l bu Taklif dizayn va bazi dizaynlarni o'zgartirish mana shu eng o'xshaydigan usul deb bilaman va sizlarga ham maslahat berib qolaman.
@muhammadjon_0161https://t.me/designbymuhammadjon