Postituse sisu
Jetson Orin Nano bilan yangi boshlanish! 🚀 Yaqinda Jetson Orin Nano qurilmasini qo‘lga kiritdim va endi uning imkoniyatlarini o‘rganishni boshlayapman. Bu kichik, lekin juda kuchli AI edge qurilma bo‘lib, real vaqtli inferensiya va DeepStream kabi NVIDIA texnologiyalari bilan ishlashga juda mos. Shu munosabat bilan, Jetson Orin Nano haqida bir qator tutorial postlar tayyorlashni rejalashtiryapman. Ular orasida: ✅ Qurilmani boshlang‘ich sozlash ✅ DeepStream va AI model inferensiyasi ✅ Jetson Orin Nano uchun optimallashtirish usullari Agar siz ham Jetson Orin Nano yoki umuman AI edge computing bilan qiziqsangiz, kuzatib boring! Yaqin orada foydali postlar bo‘lishi kutilmoqda. Fikr-mulohazalaringizni izohlarda kutib qolaman! 🔥 Kanalga ulanish