Postituse sisu
Zamonaviy narkotiklar Birinchi telefonlar chiqdi. Keyin Facebook, Instagram, TikTok, Telegram lar. Bular odamlardagi attention spam, ya’ni diqqatni saqlash qobiliyatini qisqartirib tashladi. Oldin soatlab diqqat bilan dars qila olgan, ishlay olgan, kitob o‘qiy olgan bo‘lsak, hozir bu narsa daqiqalarda o‘lchanadi. Kimdirlarda hatto sekundlarda. Lekin hech bo‘lmaganda shu daqiqalarda qilgan ishimizni o‘zimiz tushunib qilar edik. Kichikroq bo‘lsa-da foyda ola olar edik. Yaqinda esa ChatGPT va boshqa AI instrumentlar chiqdi. Ana endi odamlar o‘ylashni ham shu instrumentlarga topshirishni boshladi. Critical thinking degan narsa kamayib bormoqda. Menga ishonmaysizmi? Microsoftda qilingan tadqiqotga ishonarsiz: https://www.microsoft.com/en-us/research/wp-content/uploads/2025/01/lee_2025_ai_critical_thinking_survey.pdf O‘zingizni himoya qiling. 100% fikrlashni AIga topshirib qo‘ymang. Biror sohada mukammallikka intiling. Qiyin mavzularga chuqur kiring. Fundamental ko‘nikmalar ustida ishlang. Bu gaplarimga hamma ham qo‘shilmasligi mumkin. Lekin bir narsa aniq. Miya ham mushaklarga o‘xshaydi. Ishlatmasa atrofiyaga uchraydi. Ishlating. @jakhonrakhmonov