TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← CV muhandis kundaligi
CV muhandis kundaligi avatar

TGINSIGHT POST

Post #45

@learncvuz

CV muhandis kundaligi

Vaatamised8,750Vaatamiste arv
Avaldatud17. juuni17.06.2025, 05:07
Sisu

Postituse sisu

🎥Lex Fridman matematikadagi zamonaviy daholardan biri — Terens Tao bilan suhbatlashdi. Bu odam — zamonamizning eng kuchli matematiklaridan biri. 📌Terens Tao mashxurligi nimada? Avstraliyalik bolalar dahosi: 10 yoshida Xalqaro matematika olimpiadasida qatnashgan, 21 yoshida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2006-yilda matematikadagi eng nufuzli mukofot — Fields medalini olgan. U harmonik tahlil, differensial tenglamalar, ergodik nazariya, Kombinatorika, Ehtimollar nazariyasi, Collatz muammosi, Navye-Stoks tenglamalari kabi murakkab masalalarda ishlagan. 📌 Podkastdan asosiy fikrlar: Qanday qilib u murakkab muammolarni hal qiladi? Tao “imkonsiz” muammoni kichik bo'laklarga bo‘ladi: 1. Dastlab barcha to‘siqlarni olib tashlab, eng sodda versiyani hal qiladi. 2. So‘ng bosqichma-bosqich murakkablikni oshirib boradi. Bu yondashuv tufayli odam “tupa-tupa yurish”da emas, balki doimo oldinga qarab harakatda bo‘ladi. Katta yutuqlar — turli sohalar birlashganda yuzaga keladi: Geometriya + algebra, dinamikalar + energiya, diskret matematika + murakkab tenglamalar. AI va matematikaning kelajagi AI hozir maktab darajasidagi geometriyani yecha oladi, ammo haqiqiy kashfiyotlarga hali qodir emas — unga “matematik sezgi” yetishmaydi. Tao fikricha, eng katta yutuqlar “inson + AI” tandemi orqali bo‘ladi: inson strategiyani belgilaydi, AI esa hisob-kitob va tekshirish ishlarini bajaradi. Kelajak matematikasi — bu g‘oyalar sintezi, formal isbotlar va sun’iy intellekt bilan yaqindan hamkorlikdir. Asosiy kashfiyotlar hanuz insonlar tomonidan qilinadi, ammo AI ularni ancha tezlashtiradi. P.S : Terens Taoning fikrlash uslubi — bu biz, Computer Vision muhandislari uchun ham dars: murakkablikni boshqarish, turli metodlarni uyg‘unlashtirish, natijalarni formal nazorat qilish va sun’iy intellektdan kuchli yordamchi sifatida foydalanish. Kelajak — bu inson tafakkuri va AI hisoblash quvvatining uyg‘unligida. Biz o‘sha kelajakni bugun qurmoqdamiz.