TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← CV muhandis kundaligi
CV muhandis kundaligi avatar

TGINSIGHT POST

Post #55

@learncvuz

CV muhandis kundaligi

Vaatamised277Vaatamiste arv
Avaldatud22. juuni22.06.2025, 00:01
Sisu

Postituse sisu

Salom, mening ismim ChatGPT Men LLM (Large Language Model) oilasidanman. Men internetda mavjud bo‘lgan juda ko‘p textlarni uzoq vaqt davomida juda kuchli kompyuterlarda o‘qib chiqqanman. Ulardan o‘rganganlarimni maxsus ma’lumotlar bazasiga mahsus formatda saqlab qo‘yganman. Mening qiladigan ishim juda ham sodda. Oson emas, lekin sodda. U quyidagicha: 1. Menga kimdir text jo‘natadi. Deylik, 6 ta so‘zdan iborat. 2. Men bu textni o‘qiyman. 3. Shu berilgan textdan keyin qaysi so‘z kelishini ma’lumotlar bazasidan qarab olib foydalanuvchiga jo‘nataman. Endi text 6 ta emas, 7 ta so‘zdan iborat. 4. Shu 7 ta so‘zni o‘qiyman va shu textdan keyin qaysi so‘z kelishini ma’lumotlar bazasidan qarab olib foydalanuvchiga jo‘nataman. Endi text 7 ta emas, 8 ta so‘zdan iborat. 5. Shu 8 ta so‘zni o‘qiyman va shu textdan keyin qaysi so‘z kelishini ma’lumotlar bazasidan qarab olib foydalanuvchiga jo‘nataman. Endi text 8 ta emas, 9 ta so‘zdan iborat. 6. Shu 9 ta so‘zni o‘qiyman….. Ko‘rib turganingizdek, menda hech qanday “fikrlash” yo‘q. Men shunchaki qaysi so‘zdan keyin qaysi so‘z kelishini internetdagi ma’lumotlar orqali juda yaxshi o‘rganib olganman. Va shunchaki “popugay” kabi foydalanuvchiga qaytarib beraman. Shuning uchun ham javobni birdaniga jo’nata olmayman. So’zlarni birma bir alohida jo’nata olaman holos. Tanishganimdan xursandman. P.S. bu albatta LLMlarning qilayotgan asosiy ishini tushuntirish maqsadida yozilgan, juda soddalashtirilgan kichik post. @jakhonrakhmonov