TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← CV muhandis kundaligi
CV muhandis kundaligi avatar

TGINSIGHT POST

Post #63

@learncvuz

CV muhandis kundaligi

Vaatamised503Vaatamiste arv
Avaldatud9. juuli09.07.2025, 10:42
Sisu

Postituse sisu

O‘zbekistonda “AI” deganda ko‘pchilikning xayoliga, afsuski, birinchi bo‘lib faqat ChatGPT keladi. Shaxsiy kuzatuvlarimga asoslanib aytadigan bo‘lsam, hozircha sun’iy intellektdan asosan ta’lim sohasidagilar va dasturchilar keng foydalanishmoqda. Ta’lim sohasida, ayniqsa, talabalar turli mustaqil ishlar va uy vazifalarini AI yordamida bajarishadi(Yana men emasman demanglar). O‘z navbatida o‘qituvchilar ham bu texnologiyadan chetda qolmayapti, oddiy test tuzishdan tortib, hisobotlar yozish(xil-xil hujjatlar) va hatto ilmiy ishlar (ilmiy maqolalar) tayyorlashgacha sun’iy intellektdan keng foydalanilmoqda. Ayniqsa, axborot texnologiyalariga yaqin bo‘lganlar orasida bu holat keng tarqalgan (uyatda endi). Dasturchilar masalasiga keladigan bo‘lsak, bu yerda bir narsani aniq tushunib olishimiz kerak: kim o‘zini qanday darajada dasturchi deb hisoblaydi? Dasturlashni endigina boshlagan ayrimlar ikki qator kod yozmasdan turib, savolni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ChatGPT ga ko‘chirib, natijani “katta yutuq” deb bilishadi. Hali harakat qilmaganlar esa shunchaki dasturlash haqidagi videolarni ko‘rib yurishadi, lekin o‘zlari amalda hech narsa qilmaydi. Keyingi toifa bu - junior dasturchilar. Ular kam maosh evaziga ishlashadi, ammo o‘z ustida ishlab o‘sishni o‘rniga o‘rniga ChatGPT ga bog‘liq bo‘lib qolishgan. Natijada ular mustaqil fikrlay olmaydigan darajaga yetib qolishadi. Yana bir xavfli toifa bor: ular dasturlashni yetarli darajada tushunmaydi, lekin ChatGPT yordamida unicorn startup( milliard dollarlik) yaratish mumkin deb ishonib, 50-100 ming dollar sarmoya kiritishadi. Afsuski, oradan ko‘p vaqt o‘tmay xatoga yo‘l qo‘yganliklarini tushunib yetishadi lekin kech bo‘ladi. Natijada nafaqat o‘zlari pulsiz qolishadi, balki qo‘lidan ish keladigan iqtidorlarni ham ishsiz qoldirishadi. Xullas, hozircha O‘zbekistonda sun’iy intellekt shunday “yordam” bermoqda. Yaxshi yangiliklarga endi shu yergacha boshidan o‘qib kelgan bo‘lsangiz, yaqinda ChatGPT ga ishonib kelayotgan butun bir avlodni ko‘ramiz ularni qo‘lida hech ish kelmaydi siz chalg‘imasdan o‘zingizni yo‘lingizdan ketavering xoli sizga ish ko‘p. Bu bilan men ChatGPT ishlatmanglar demoqchi masman. Agar qandaydir imlo xato topsangiz izolarda qoldiring sababiki ChatGPT bilan yozilmagan. @naxalov