TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← CV muhandis kundaligi
CV muhandis kundaligi avatar

TGINSIGHT POST

Post #65

@learncvuz

CV muhandis kundaligi

Vaatamised348Vaatamiste arv
Avaldatud27. dets27.12.2025, 08:23
Sisu

Postituse sisu

Computer vision, mashinalarga ko‘rishni o‘rgatish haqida. Quyosh katta ne’mat! U bizga nafaqat issiqlik, balki ko‘rish qobiliyatini shakllanishida ham muhim o’rin tutgan. Deyarli barcha tirik mavjudotlar qandaydir tarzda yorug‘likni sezadi. Inson esa uni elektr signallarga aylantirib, miyaga yuboradi, u yerda bu signal “haqiqiy dunyo”ga aylanadi. Shu oddiy jarayon ko’rish evolyutsiyamizdagi eng muhim qadam bo‘lgan. Olimlar hatto markaziy nerv tizimi (miyamiz) aynan ko‘rish tufayli rivojlangan deb hisoblaydi. Endi koptok tepayotganingizni tasavvur qiling. Miyangiz bir soniyada: koptokni aniqlaydi, harakatini kuzatadi, traektoriyasini hisoblaydi, va hk. Siz buni o‘ylamay ham bajarasiz. Bu inson “vision”ining kuchi. Lekin kompyuter uchun bu jarayon aaaancha murakkab. Dasturchi sifatida siz “koptok sferik obyekt” deb qoidalar(if/else) yozishingiz mumkin, lekin Yer ham sferik, apelsin ham sferik. Boshqacha aytganda, qoidalar ishlamaydi, kontekst kerak. Biz esa kontekstni instinktiv bilamiz, yani yillar davomida shakllangan mental model orqali. Kompyuter ham shunday o‘rganishi kerak. Farq shunda: Dasturlash: qat’iy qoida. ML: moslashuvchan tushunish. Shuning uchun ham vision bu faqat obyekt aniqlash emas, balki kontekstni tushunish. “Kompyuterga ko‘rishni o‘rgatish, unga fikrlashni o‘rgatishda birinchi qadamdir” Nega mashinalarga “ko‘rish”ni o‘rgatyapmiz? Maqsad inson qilolmaydigan yoki juda sekin bajaradigan ishlarni avtomatlashtirish. Masalan, koptokni kuzatadigan model hakamga tez va adolatli qaror chiqarishda yordam beradi yoki ko‘zi ojiz tomoshabinlarga o‘yinni ovoz bilan tasvirlab beradi. Oddiy misol katta ta’sir. Bugun esa model biz ko‘rmagan narsani ham ko‘radi: rasmda yashirin detallarni topadi, videodan harakatni aniqlaydi, hatto matndan rasm yaratadi. Demak, computer vision bu endi faqat ko‘rish emas, tushunish, ta’sir qilish, va imkoniyat yaratish. #fundamentals#computer_vision