Postituse sisu
Tasvir nima? Ko‘pchilik uchun bu savol oddiy tuyuladi: “Rasm bu rasm-da!” Lekin kompyuter uchun tasvir, bu raqamlar to‘plami, matritsa yoki funksiya. Har bir piksel yorqinlik (intensivlik) darajasi, yani kompyuter “ko‘radigan” narsa. Tasvir qanday ifodalanadi? Tasvirni matematik tarzda quyidagicha ifodalash mumkin: F(X,Y) — bu fazodagi har bir nuqtaning yorqinlik qiymati, piksellar (picture element). Agar 3D bo‘lsa, bu F(X,Y,Z) ga aylanadi, har bir nuqta esa voxel deb ataladi. Ya’ni, 2D tasvirda biz piksellarni ko‘ramiz, 3D tasvirda esa “hajmiy nuqtalar”, voxellarni. Rang va kanallar Rangli tasvirlar uchta asosiy kanal orqali ifodalanadi: 🔴 R — Qizil 🟢 G — Yashil 🔵 B — Ko‘k Har bir kanal 0–255 oralig‘ida qiymat oladi. Masalan, (255,0,0) — to‘liq qizil piksel. Computer Vision modellarini o‘qitishdan oldin, tasvir qanday yaratilishini, qanday o‘lchovlarda saqlanishini bilish zarur. Bu tushuncha obyekt aniqlash, segmentatsiya, tasvir klassifikatsiyasi kabi sohalarning asosini tashkil qiladi. Har bir piksel — bu ma’lumot. Har bir tasvir — bu hikoya. #fundamentals#computer_vision