Postituse sisu
Raqamli tasvir qanday hosil qilinadi? Har safar telefoningizda suratga tushganingizda, aslida juda murakkab jarayon sodir bo‘ladi. Fizik nur raqamli piksellarga aylanadi. Bu jarayonning nomi: Image Acquisition tasvirni qabul qilish. Avval nur obyektga uriladi > Refleksiya (yoki o‘tish) yuz beradi > Sensor energiyani elektr signaliga aylantiradi > Signal raqamlashtiriladi, qarabsizki raqamli tasvir tayyor. CCD yoki CMOS sensorlar kameraning yuragi. Tasvirda detallarning tiniqligi piksellar soni - resolution ga bog'liq. Tasvirlarni siqish (Compression). Tasvirda ortiqcha ma’lumot ko‘p bo‘ladi: takrorlanuvchi piksellar, kam farqli qiymatlar, inson sezmaydigan detallar va hk. Shular Huffman, RLE, JPEG kabi algoritmlar bilan siqiladi. Shuning uchun 5 MB rasm 500 KB bo‘lishi mumkin, ko'zga sezilmasligi mumkin, lekin mashinalarga seziladi. Raqamli tasvir — bu nur, elektronika va matematikaning mukammal uyg‘unligi. Mavzu bo'yicha batafsil shu yerda. Qiziq fakt: 1838-yilda olingan birinchi inson fotosurati hali ham Parijda saqlanadi. Dunyo tarixidagi ilk fotosuratlar ekan. #fundamentals#computer_vision