Postituse sisu
Norvegiyada yashaydigan bir vatandoshimiz Rasta bilan bog‘lanib (keling, ularni Noyob aka deymiz), Qo‘qondagi bir yaqin insoni og‘ir gripp kasalligiga chalingani haqida aytadi. Rastada aynan ushbu kasallikda foyda beradigan qanday taomlar borligini so‘raydi. Rastachilar ilovadagi barcha to‘g‘ri keladigan taomlarni ko‘rsatishadi. Taomlarni tanlab bo‘lgach, Noyob aka yana bir iltimos qiladilar, taomlarga otkritka solib yetkazib berishni so‘raydilar. Otkritkadagi so‘zlarni esa Noyob akani o‘zlari beradilar😊 Rastachilar tezda otkritka chiqartirib, issiq taomlarni olib, Noyob akaning yaqin qarindoshinikiga shoshadilar. Manzilga yetib kelgach, eshikni taqillatganda, yoshi kattaroq bir inson chiqadi va hayrat bilan qaraydi. Rasta kuryeri esa, “Assalomu alaykum, akajon, Norvegidiyadagi jiyaningiz Noyob aka sizga mazali taomlar berib yubordilar. Sog‘ayib keting!”- deb buyurtmani tutqazadi. Bu hikoya bizni ham taʼsirlantirdi, masofaga qaramasdan yaqiniga bo‘lgan mehr-eʼtibor takallufga loyiqdir. Ushbu postni, albatta do‘stlaringiz bilan bo‘lishing, zora Noyob akadek eʼtiborli va mehribon insonlar ko‘payaversin. Telegram | Instagram | Facebook