TGINSIGHT CHAT
Xalq deputatlari Pastdarg'om tuman Kengashi
@Pastdargomdeputatlari
PoliticsXalq deputatlari Pastdarg'om tuman Kengashining rasmiy kanali Facebook https://www.facebook.com/share/g/1ArtB3c7nq/ Instagramm https://www.instagram.com/pastdargom_deputatlari?utm_source=qr&igsh=bDJhcHJ5Znpib3M2 YouTobe @XalqdeputatlariPastdargomtuman
Azken argitalpenak
1/84 orria · 1,006 argitalpen
Argitaratua api. 18(a)
#doimiy_komissiya 📌“Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi O‘RQ-528-sonli Qonun ijrosi o‘rganilmoqda Pastdarg‘om tumanida fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlashga oid qonun ijrosining holatini o‘rganish maqsadida deputatlik o‘rganish dasturi ishlab chiqilib, xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputatlari tomonidab mazkur o‘rganish tuman hududida reproduktiv salomatlik sohasida amalga oshirilayotgan ishlar holatini tahlil qilish, mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan boshlab yuborildi. 🔎 O‘rganish obyektlari: tuman tibbiyot birlashmasi, OSHPlar, tug‘ruq komplekslari, MFYlar.
Hashtags
Argitaratua api. 18(a)
#96_qonun Prezidentimizning yangi Farmoni (PF-56) bilan “Mening bog‘im” loyihalarida mutlaqo yangi tartib o‘rnatilyapti. 🌳 Endi “Mening bog‘im” tanlovida ovoz to‘plash poygasida marraga yetolmagan loyihalar darrov arxivga ketib qolmaydi. 🏢 Qonunchilik palatasi deputatlari o‘z okruglaridagi kamida bitta g‘olib bo‘lmagan loyihani “mana shu xalqqa chin dildan kerak” deb, g‘olib deb e’lon qilishi mumkin. Maqsad: Mahalla ahlining mehnati, umidi va yiqqan ovozlari bekor ketmasligini ta’minlash. Deputat endi adolat tarozisi bo‘ladi! ⁉️ “Mening bog‘im” o‘zi nima edi? bu — mahallangizdagi bo‘sh turgan yerni yashil bog‘ yoki istirohat bog‘iga aylantirish uchun davlatdan pul olish imkoniyati. Bu “Ochiq budjet”ning aynan daraxt ekish va ekologiyaga ixtisoslashgan yo‘nalishidir. 🟢Loyihalar hududning iqlimiga va eng muhimi — suv bor-yo‘qligiga qarab shakllantiriladi. Suv yo‘q joyga chinor ekib 🟢 Daraxtlarni doimiy parvarishlash va bog‘larni sifatli saqlash bo‘yicha yangi mexanizm ishlaydi.
Hashtags
Argitaratua api. 18(a)
#96_qonun 🧨Kechasi soat 12 da otilgan salyut: Kimga bayram, kimga jabr... 🔍 To‘y, tug‘ilgan kun yoki shunchaki bayram qilishni hammamiz yaxshi ko‘ramiz. Lekin, bizning “zo‘r” o‘tgan tadbirimiz qo‘shnimizning tinchini buzishiga, kasalmand odamlarning yuragini o‘ynatishiga yoki go‘daklarning cho‘chib tushishiga sabab bo‘lishi to‘g‘rimi? 📌 Aynan shuning uchun ham pirotexnika masalasida qonunchilik qat’iylashdi va jarimalar oshirildi. 🔵 Uyda, oila davrasida kichkina bengal olovlarini yoqish - mumkin. 🔵Lekin butun mahallani uyg‘otadigan kuchli salyut va paqildoqlarni otish - endi qimmatga tushadi. ! Qaysi mumkin qaysilari mumkin emasligi va jarimalar miqdori haqida quyidagi infografikada batafsil va oddiy tilda tushuntirib qo‘ydik. Saqlab oling va do‘stlaringizga yuboring! ❔ Siz nima deysiz? Mahallalarda tunda salyut otishni umuman yo‘qotish kerakmi yoki bayramlarda biroz erkinlik berilgani ma’qulmi? Izohlarda fikringizni kutamiz.
Hashtags
Argitaratua api. 18(a)
#kotibiyat ❗️Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining ushbu haftadagi ish faoliyati sharhi 13-17 aprel 📌 Ushbu hafta Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi o‘zining doimiy faoliyatini davom ettirib, tuman ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, mahallalardagi dolzarb muammolar va aholining turmush farovonligini oshirishga qaratilgan bir qator ishlarni amalga oshirdi. Deputatlar 30 ta mahallalarda bo‘lib, fuqarolar bilan muloqot qildi, ijtimoiy obektlarni nazorat qildi, 10ta deputatlik so‘rovlari chiqarildi, 4tasiga javoblari olindi hamda kelgusidagi rejalarga oid taklif va tavsiyalar berdi. 🇺🇿 Rasmiy sahifalarimiz ✅ | Web-sayt | Telegram | YouTube | Instagram |Facebook
Hashtags
Argitaratua api. 18(a)
#96_qonun OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNI "Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi 1109-sonli Qonuni 10-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining tabiatni muhofaza qilish sohasidagi vakolatlari Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari oʻz hududida mintaqaning (hududning) ekologiya dasturini tasdiqlaydi va uning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tabiatni muhofaza qilish sohasida: oʻz hududida tabiatni muhofaza qilishning asosiy yoʻnalishlarini oʻz ichiga olgan mintaqaning (hududning) ekologiya dasturini ishlab chiqadi va mahalliy davlat hokimiyati vakillik organiga tasdiqlash uchun kiritadi hamda uning amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Hashtags
Argitaratua api. 18(a)
#deputat_so'rovi_javobi ⚡️Tuqboy MFYda elektr ta’minoti muammolari yuzasidan deputatlik so‘rovi ijobiy yechim topdi. Fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar hamda o‘rganish natijasida Tuqboy MFYda joylashgan TP-2971transformator punkti mavjud quvvati hudud iste’molchilari ehtiyojini qoplamayotgani aniqlangan edi. Natijada elektr ta’minotida uzilishlar, kuchlanish pastligi bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelmoqda. Bu esa aholi turmush sharoitiga, tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Muammoni bartaraf etish maqsadida TP-2971 transformator punktiga qo‘shimcha ravishda KTPS-160/10 kVa quvvatli transformator o‘rnatish taklifi ilgari surilgan edi. Shu munosabat bilan tegishli tashkilotlarga yuborilgan deputatlik so‘rovi ijobiy yechim topdi. Mazkur masala deputat nazoratiga olingan.
Hashtags
Argitaratua api. 18(a)
#kotibiyat Mahalladagi muammolar — yechim sari muhim qadam! 📖Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi kotibiyati tomonidan Narpay tajribasi asosida mahallalarda xonadonma-xonadon yurib aniqlangan muammolar hamda fuqarolar murojaatlari jamlanib, “Muammolar jamlanmasi” kitobchasi shakllantirildi. Ushbu qo‘llanma har bir deputat uchun alohida tayyorlanib, foydalanishga topshirildi. ✍Mazkur kitobcha deputatlar uchun amaliy “yon daftarcha” vazifasini bajaradi. Unda hududlardagi dolzarb muammolar, fuqarolarni qiynayotgan masalalar hamda ularni hal etish yo‘llari tizimli ravishda aks ettirilgan. 📈Endilikda deputatlar o‘z faoliyatida ushbu qo‘llanmaga tayanib, muammolarni manzilli o‘rganish va tezkor yechim topish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. 👥 Bu esa, o‘z navbatida, aholi farovonligini oshirish va ishonchini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Hashtags
Argitaratua api. 18(a)
#ekspert_guruhi Ekspertlar va deputatlar maktab hududini o‘rganishdi 📈Kengash huzuridagi Ekspert guruhi a’zolari hfamda tuman deputatlari 111- va 82-maktablarda bo‘lishdi. ✍Tashrif davomida ta’lim muassasalaridagi sharoitlar bilan tanishilib, mavjud holat atroflicha o‘rganildi. 🏢Shuningdek, 82-maktabning eski binosi joylashgan hudud ham ko‘zdan kechirildi. 📈Mutaxassislar tomonidan hududning hozirgi holati, undan samarali foydalanish imkoniyatlari va kelgusidagi rejalarga oid takliflar muhokama qilindi. 👥Bu kabi o‘rganishlar ta’lim tizimini yanada rivojlantirish, o‘quvchilar uchun qulay va zamonaviy sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.
Hashtags
Argitaratua api. 18(a)
#doimiy_komissiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-71-son Farmoni ijrosi ✍Mazkur farmon ijrosini ta‘minlash yuzasidan Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan maktabgacha va maktab ta‘limi tuman bo‘limida o‘rganish ishlari olib borilishi Kengash rejasiga ko‘ra aprel oyiga belgilangan. 📈Bugun Kengash kotibiyat mudiri F.Xolmuratova hamda doimiy komissiya raisi N.Dusmurodov bilan birgalikda mazkur o‘rganish savolnomasini ishlab chiqdi. 📖O‘rganish jarayonida korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, xizmat ko‘rsatish jarayonlarining shaffofligi, fuqarolarga yaratilgan qulayliklar hamda mavjud muammo va kamchiliklar tahlil qilinadi. 👥Mazkur o‘rganishlar kelgusida davlat organlari faoliyatida ochiqlikni ta’minlash,aholining ishonchini mustahkamlash va korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni kuchaytirishga xizmat qiladi.
Hashtags
Argitaratua api. 18(a)
#kotibiyat Keksa deputatning yosh deputatga maslahati turkumidan....
Hashtags
Argitaratua api. 18(a)
#deputat_so‘rovi_javobi 💧Aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash yo‘lida muhim qadam 🚰✍Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati A.Abdumuratov tomonidan Eski Juma MFY hududida joylashgan 1 dona markaziy suv inshootini qayta ta’mirlash masalasi yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘roviga javob olindi. 📈Mazkur tashabbus hudud aholisini sifatli va uzluksiz ichimlik suvi bilan ta’minlash, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda infratuzilmani yaxshilashga qaratilgan. 📖Deputatlik so‘rovi asosida mutasaddi tashkilotlar tomonidan masala o‘rganilib, amaliy choralar ko‘rilishi kutilmoqda.
Hashtags
Argitaratua api. 18(a)
#deputat_so‘rovi_javobi ⚡️Sazag‘an MFYda elektr ta’minoti muammolari yuzasidan deputatlik so‘rovi ijobiy yechim topdi Fuqarolar murojaatlari hamda hududdagi o‘rganishlar natijasida Sazag‘an mahalla fuqarolar yig‘ini hududida elektr energiyasi ta’minotida uzilish va kuchlanishning pastligi bilan bog‘liq muammolar mavjudligi aniqlangandi. O‘rganishlar davomida ushbu muammolarning asosiy sabablaridan biri sifatida hududni elektr energiyasi bilan ta’minlab kelayotgan 10 kVa “Pastdarg‘om” elektr uzatish tarmog‘ining eskirgani va zamon talablariga javob bermasligi qayd etilgandi. Yuqoridagilarni inobatga olib, tegishli tashkilotlarga 2026-yil 6-aprelda 90-ds-487-26-sonli deputatlik so‘rovi yuborilgan edi. Mazkur masala deputat nazoratiga olinib, aholini elektr energiyasi bilan ta’minlash yuzasidan natijaga erishish maqsad qilingan edi, bugungi kunda masala ijobiy yechim topdi.
Hashtags