TGINSIGHT CHAT
Genomika va bioinformatika markazi!
@centerofgenomics
MedicineO’zR FA Genomika va bioinformatika markazining rasmiy telegram kanali. 🔗Web sayt: https://uz.genomics.uz/ 🔗Facebook: https://www.facebook.com/genomics.uz
Azken argitalpenak
1/31 orria · 362 argitalpen
Argitaratua duela 15 egun
#Yosh_olimlar#CRISPR#IN_VITRO 🧬🍇🍅Genomika va bioinformatika markazi Yosh olimlar kengashining navbatdagi ilmiy seminari bo‘lib o‘tdi 🗓 Joriy yilning 20-may kuni Genomika va bioinformatika markazi Yosh olimlar kengashi tomonidan yosh tadqiqotchilarning o‘zaro tajriba almashishini ta’minlash va ilmiy salohiyatini oshirish maqsadida navbatdagi seminar yig‘ilishi tashkil etildi. Seminar doirasida 1-ma’ruzachi Markaz Yosh olimlar kengashi a’zosi, markaz tayanch doktoranti A.A. Murodov“Pomidor mevasini saqlanish muddatini oshirishda β-HEX genini CRISPR/CAS9 usulidan foydalanib yangi tizimlar yaratish” mavzusida chiqish qildi. Ma’ruza davomida 🔵CRISPR/Cas9 usulining nazariy asoslari, amaliy qo‘llanilishi hamda β-HEX geni funksiyasi va bu genni tahrirlash uchun yo‘naltiruvchi RNK (gRNA) larni tanlash bosqichlari tushuntirib berildi. Olingan transgen o‘simliklarda o‘tkazilgan molekulyar va morfologik tahlil ishlari taqdim etilib, off-target (mo‘ljaldan tashqari) lokuslar va ularni tahlil qilish bosqichma-bosqich yoritib berildi. 💸2-ma’ruzachi Yosh olimlar kengashining yana bir faol a’zosi, tayanch doktorant A.N. Abdullayev “IN VITRO usulida yetishtirilgan mahalliy tok 🌱(vitis vinifera l.) navlarida nav bir xilliligi va virusdan xoliligini molekulyar tahlil qilish” mavzusida batafsil ma’ruza qildi. Seminar davomida tokzorlarda uchraydigan viruslarni aniqlashning morfo-biologik va molekulyar usullari, RT-PCR diagnostikasining nazariy va amaliy jihatlari hamda primer juftliklarini bioinformatik optimallashtirish bosqichlari keng yoritildi. Xususan, primerlarning target genomga mosligi, melting harorati (Tm), GC miqdori, hairpin va primer-dimer hosil bo‘lish ehtimolini in silico tahlil qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, in vitro usulida ko‘paytirishning ahamiyati, RT-PCR reaksiyasi sharoitlarini optimallashtirish orqali spesifik amplifikatsiya natijalariga erishish usullari hamda statistik tahlillar batafsil tushuntirildi. 🧠 Ilmiy bahs va munozaralarga boy o‘tgan seminarda yosh olimlar, doktorantlar va magistrantlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan faol ishtirok etdilar. Yosh olimlar kengashi tomonidan tashkil etilgan ushbu tadbir markaz yosh izlanuvchilari o‘rtasida o‘zaro ilmiy hamkorlik muhitini shakllantirish, tadqiqotlar integratsiyasini chuqurlashtirish hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va fitosanitar xavfsizligini ta’minlashdagi global muammolarga innovatsion yechimlar topishda muhim turtki bo‘lishi alohida ta’kidlandi.
Hashtags
Argitaratua duela 20 egun
🌏Osiyo Xotin-Qizlar II forumi 📍 Buxoro shahri 📅 2026-yil 13–14-may 🔹 Mavzu: “Ayollarga investitsiya — barqaror o‘sish asosi: xotin-qizlarning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik imkoniyatlarini kengaytirish” Mazkur nufuzli xalqaro forumda Genomika va bioinformatika markazi, Transgenomika va to‘qimalar kulturasi laboratoriyasi mudiri, biologiya fanlari doktori 👩🔬Ubaydullayeva Xurshida Abdullayevna faol ishtirok etdi. Forum davomida: ✅ ilm-fan va innovatsiyalar sohasida xotin-qizlarning o‘rni ✅ biologiya va biotexnologiyada zamonaviy tadqiqot yo‘nalishlari ✅ xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirish ✅ yosh olima va tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha muhim fikr va tashabbuslar ilgari surildi. 🔬 Forumning eng samarali jihatlaridan biri — ilmiy markazlar, tadqiqotchilar va xalqaro tashkilotlar o‘rtasida yangi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish hamda ayollarning ilm-fandagi faolligini yanada oshirishga xizmat qilganidadir. 🧬Genomika va bioinformatika markazi: @centerofgenomics
Argitaratua duela 23 egun
#olimlarimiz_oav_da Genomika va bioinformatika markazi olimlar Madaniyat va Ma’rifat telekanalida efirga uzatiladigan ‘’Yangi uyg’onish yo’li’’ loyihasida efirga uzatildi. 🧬Genomika va bioinformatika markazi: @centerofgenomics
Hashtags
Argitaratua duela 23 egun
▫️ Ученые Центра геномики и биоинформатики совместно с Советом по хлопководству при президенте республики Узбекистан впервые в истории опубликовали в престижном журнале Scientific Reports группы Nature комплексный анализ масштабной трансформации хлопкового сектора страны. https://podrobno.uz/cat/obchestvo/uchenye-uzbekistana-dokazali-vsemu-miru-vozmozhnost-rezkogo-rosta-urozhaya-khlopka-pri-sokrashchenii/ Telegram / Instagram / Facebook / Читать на узбекском
Argitaratua duela 23 egun
🌾 🌾 🌾 🌾 🌾 🌾 Хлопковая революция в Узбекистане: впервые опубликованы данные об историческом прорыве Ташкент, Узбекистан — Ученые из Центра геномики и биоинформатики, а также Совета по хлопководству при Президенте Республики Узбекистан впервые в истории опубликовали в журнале Scientific Reports (Nature Portfolio) всеобъемлющий национальный анализ выдающейся трансформации хлопкового сектора Узбекистана, предоставив его в открытом доступе. Благодаря указам Президента и знаковым реформам в аграрной политике хлопковый сектор Узбекистана достиг того, что ученые называют "вехой в устойчивой интенсификации", — значительно увеличив производство при одновременном сокращении используемых земель. Ключевые достижения (2021–2025 гг.): • Рост урожайности на 40,4% — с 3,24 до 4,55 т/га в среднем по стране • Сокращение посевных площадей на 15,1% — высвобожденные земли переданы под продовольственные культуры и для нужд молодежи Узбекистана • 38,51% посевных площадей в стране в настоящее время занято сортами, созданными с помощью передовых технологий (РНКи, МАС и Bt/Gt-сорта) • Снижение производственных затрат на гектар на 55,4% при интенсивных системах хозяйствования • Один из первых в мире коммерчески внедренных сортов хлопчатника на основе фитохромной РНКи (сорт "Porloq") продемонстрировал стабильные результаты во всех пяти агроклиматических зонах Узбекистана Эта трансформация, объединившая отечественные биотехнологии, импортные Bt/Gt-сорта и интенсивную агрономию по примеру Синьцзяна, предлагает воспроизводимую модель для Центральной Азии и мировых систем орошаемого хлопководства. "Узбекистан впервые на национальном уровне продемонстрировал, что генетические инновации и продуманная политика, работая в тандеме, способны преобразовать сельское хозяйство целой страны". — Эрик Трахтенберг, исполнительный директор Международного консультативного комитета по хлопку (ICAC), США. "Сельскохозяйственный сектор Узбекистана, несомненно, движется по очень позитивной траектории, и я считаю, что хлопковый сектор, в частности, в ближайшие годы добьется выдающегося прогресса". — Доктор Кешав Кранти, международный член Совета по хлопку от ICAC. Читать публикацию: Abdurakhmonov I.Y. et al. (2026). National-scale evidence for rapid cotton yield gains under sustainable intensification in Uzbekistan. Scientific Reports.https://doi.org/10.1038/s41598-026-51320-5 Контакт для СМИ: Центр геномики и биоинформатики Академии наук Узбекистана, Ташкент 100053, Узбекистан. [email protected] 🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Argitaratua duela 23 egun
🌾 🌾 🌾 🌾 🌾 🌾 O‘zbekistonda paxtachilik inqilobi: tarixiy yutuq haqidagi ma’lumotlar ilk bor e’lon qilindi Toshkent, O‘zbekiston — Genomika va bioinformatika markazi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Paxtachilik kengashi olimlari O‘zbekiston paxtachilik sohasidagi ulkan o‘zgarishlarning keng qamrovli milliy tahlilini tarixda ilk bor “Scientific Reports” (Nature Portfolio) jurnalida chop etib, uni ochiq foydalanish uchun taqdim etdi. Prezident farmonlari va agrar siyosatdagi tub islohotlar tufayli O‘zbekiston paxtachiligi olimlar “barqaror jadallashtirishdagi muhim bosqich” deb atayotgan natijaga erishdi, ya’ni foydalanilayotgan yerlarni qisqartirgan holda paxta ishlab chiqarishni sezilarli darajada oshirdi. Asosiy yutuqlar (2021–2025-yillar): • Hosildorlik 40,4 foizga o‘sdi — mamlakat bo‘yicha o‘rtacha gektariga 3,24 tonnadan 4,55 tonnagacha yetdi • Ekin maydonlari 15,1 foizga qisqartirildi — bo‘shagan yerlar oziq-ovqat ekinlari ekish va O‘zbekiston yoshlari ehtiyojlari uchun ajratildi • Bugungi kunda mamlakatdagi ekin maydonlarining 38,51 foiziga ilg‘or texnologiyalar (RNKi, MAS va Bt/Gt navlari) yordamida yaratilgan navlar ekilmoqda • Intensiv dehqonchilik tizimlarida bir gektar uchun sarflanadigan ishlab chiqarish xarajatlari 55,4 foizga kamaydi • Dunyoda birinchilardan bo‘lib tijoriy asosda joriy etilgan fitoxrom RNKi texnologiyasiga asoslangan g‘o‘za navi (“Porloq” navi) O‘zbekistonning barcha beshta agroiqlim mintaqasida barqaror natijalar ko‘rsatdi. Mahalliy biotexnologiyalar, import qilingan Bt/Gt navlari va Shinjon tajribasiga asoslangan intensiv agronomiyani o‘zida jamlagan ushbu transformatsiya Markaziy Osiyo va dunyoning sug‘oriladigan paxtachilik tizimlari uchun takrorlanishi mumkin bo‘lgan namunani taqdim etadi. “O‘zbekiston genetik innovatsiyalar va puxta o‘ylangan siyosat birgalikda butun bir mamlakat qishloq xo‘jaligini o‘zgartirishga qodir ekanini milliy miqyosda ilk bor namoyish etdi”, — Erik Traxtenberg, Paxta bo‘yicha xalqaro maslahat qo‘mitasi (ICAC) ijrochi direktori, AQSh. “O‘zbekistonning qishloq xo‘jaligi sohasi, shubhasiz, juda ijobiy yo‘nalishda rivojlanmoqda va ishonchim komilki, ayniqsa, paxtachilik tarmog‘i yaqin yillarda ulkan yutuqlarga erishadi”, — Doktor Keshav Kranti, ICAC Paxtachilik kengashining xalqaro a’zosi. Nashrni o‘qish: Abdurakhmonov I.Y. et al. (2026). National-scale evidence for rapid cotton yield gains under sustainable intensification in Uzbekistan. Scientific Reports.https://doi.org/10.1038/s41598-026-51320-5 OAV uchun aloqa: O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Genomika va bioinformatika markazi, Toshkent 100053, O‘zbekiston. [email protected] 🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Argitaratua mai. 1(a)
Oqqo‘rg‘on tumanida g‘o‘za parvarishi bo‘yicha ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi ✅ Bugun Oqqo‘rg‘on tumanida g‘o‘za parvarishida muhim hisoblangan fenologik kuzatuvlar o‘tkazish tartibi bo‘yicha o‘quv seminari tashkil etildi. 💱 Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Genomika va bioinformatika markazi direktori Zabardast Bo‘riyev ishtirok etdi. 📌Zabardast Bo‘riyev Toshkent viloyati agroxizmatlar markazi mutaxassislari bilan birgalikda g‘o‘zaning o‘sish va rivojlanish bosqichlarini aniq vaqtlarda qayd etish bo‘yicha ilmiy asoslangan tushuntirishlar berdi. 🔗 Seminar davomida mutaxassislarga kuzatuv maydonlarini tanlash, o‘simliklarni belgilash va monitoring davriyligini to‘g‘ri tashkil etish usullari ko‘rsatildi. 🌀 Ushbu fenologik kuzatuvlar paxta navlarini o‘zaro solishtirish, ularning ertapisharligini aniqlash hamda hosildorlikni to‘g‘ri bashorat qilish orqali agrotexnik tadbirlarni samarali rejalashtirishimkonini beradi. 🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Argitaratua api. 24(a)
📢ILMIY ANJUMANGA TAKLIF! 🔬Hurmatli olimlar va tadqiqotchilar! Sizni “Genetika, genomika va biotexnologiyaning zamonaviy muammolari” mavzusidagi respublika ilmiy anjumanida ishtirok etishga taklif qilamiz. 📅Sana: 2026-yil 17-sentabr 📍Joy: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy O‘zR FA Genomika va bioinformatika markazi 📌Anjuman yo‘nalishlari: • Genomika va bioinformatika • Genetika va molekulyar biologiya • Biotexnologiya va genetik muhandislik Tezislar qabuli: 📆 2026-yil 15-iyulgacha 📧 [email protected] 🌐Ish tillari: ingliz, rus, o‘zbek (lotin) 📞Aloqa: +998 90 959 93 84 [email protected] 🧬Genomika va bioinformatika markazi: @centerofgenomics
Argitaratua api. 24(a)
Argitaratua api. 21(a)
Markazimiz uchun muhim va sharafli kun nishonlandi! 📌 18-aprel kuni Genomika va Bioinformatika Markazi tashkil etilganiga 14 yil to‘ldi! 📊 Shu davrda markazimiz ilm-fan va innovatsiyalar yo‘lida rivojlanib, yurtimiz va xalqaro ilmiy maydonda o‘z o‘rnini mustahkamladi. ✅ 14 yil davomida biz: — Genomika va bioinformatika yo‘nalishlarida zamonaviy tadqiqotlar olib bordik; — Yosh olim va mutaxassislarni tayyorladik; — Ilmiy-texnologik taraqqiyotga hissa qo‘shdik. 🎉 Ushbu sana munosabati bilan Markaz direktori jamoani samimiy tabriklab, xodimlar mehnatini alohida e’tirof etdi. 💬 Z. Bo’riyev tabrigida barchaga sog‘lik, ilmiy yutuqlar va kelgusi muvaffaqiyatlar tiladi. 📚 Ilm-fan taraqqiyoti — farovon kelajak garovi! 🎊 Barchani ushbu sana bilan muborakbod etamiz! 🧬Genomika va bioinformatika markazi: @centerofgenomics
Argitaratua api. 15(a)
Bugun, 15-aprel — oʻz ishiga fidoyilik va yuksak masʼuliyat bilan yondashadigan, Genomika va bioinformatika markazining jonkuyar xodimi Muxamedov Baxodir Axmedovich uchun alohida kun — hayotning sharafli 70 yoshini qarshi olayotgan ulugʻ ayyom! 🎁 Hurmatli Muxamedov Baxodir Axmedovichni ushbu qutlugʻ sana — mazmunli va barakali hayot pallasiga qadam qoʻygan muborak kuni bilan “Genomika va bioinformatika markazi” jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz. 🎂 Yashashingiz nurli va fayzli bo‘lsin, Dilingizdan ezguliklar arimasin. Do‘stlar yelkadosh, orzularingiz qanot, Tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin! Yana bir bor tavallud ayyomingiz bilan qutlaymiz, hurmatli Baxodir aka! Doimo sogʻ-omon, bardavom va baxtiyor boʻling! 💐 🧬Genomika va bioinformatika markazi: @centerofgenomics
Argitaratua api. 10(a)
#Semimar #Yosh_olimlar 👨🔬Yosh olimlar – kelajak poydevori 💎Joriy yilning 9-aprel kuni Genomika va bioinformatika markazida Yosh olimlar kengashi doirasida Germaniyaning Johannes Gutenberg University Mainz talabasi Shoxsanam Davlatboyeva tomonidan olib borilayotgan ilmiy faoliyat yuzasidan seminar bo‘lib o‘tdi. 🔬Seminar davomida Shoxsanam Davlatboyeva mikrobiologiya va genom texnologiyalari sohasida olib borayotgan ilmiy izlanishlari haqida batafsil ma’lumot berdi. Xususan, Germaniyada ilmiy faoliyat olib borish jarayonidagi mavjud imkoniyatlar, zamonaviy laboratoriya sharoitlari va ilg‘or texnologiyalardan foydalanish tajribasi bilan o‘rtoqlashdi. Shu bilan birga, xorijda ilmiy izlanishlar olib borishda uchraydigan qiyinchiliklar, ilmiy moslashuv jarayonlari hamda tadqiqot olib borish bosqichlari haqida ham atroflicha tushuntirish berdi. 📈Tadbir davomida yosh ilmiy xodimlar va doktorantlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan faol ishtirok etib, genomika va bioinformatika yo‘nalishlarida zamonaviy tadqiqot usullari bo‘yicha foydali ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Mazkur seminar ilmiy tajriba almashish, xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish hamda yosh tadqiqotchilarni yangi ilmiy izlanishlarga ruhlantirishda muhim ahamiyat kasb etishi yig‘ilganlar tomonidan ta’kidlab o‘tildi.
Hashtags