TGINSIGHT CHAT
CREO UZBEK
@creo_uzbek
Marketing, PR, advertisingCREO UZBEK – O‘zbekistonda marketing, brending, reklama va PR haqida noyob kanal. Instagramdagi sahifamiz - instagram.com/creo_uzbek Hamkorlik uchun: +998 90 999 84 23
Azken argitalpenak
1/2 orria · 15 argitalpen
Argitaratua urr. 25(a)
#DATA O‘zbekistonda 83% internet foydalanuvchilari Яндекс xizmatlariga murojaat qilgan Яндекс Express24 aktivlarining bir qismini sotib olishi haqida xabar tarqaldi. Яндекс, shubhasiz, O‘zbekiston aholisiga ilg‘or yechimlarni taqdim etib, millionlab hamyurtlarimizni o‘z mijozlariga aylantirdi. Va ular tomonidan keltirilgan raqamlar bozordagi vaziyatni o‘rganishda har bir mutaxassis uchun qiziqarli hamda foydali bo‘lishi mumkin. Shunday qilib, biz Яндекс Ads tomonidan mahalliy bozor to‘g‘risida taqdim etilgan qiziqarli ma’lumotlar bilan sizlarni tanishtiramiz. Яндекс asosiy auditoriyasining o‘rtacha yoshi nechida? Qaysi maqsadda Яндекс xizmatlaridan foydalanishadi? Яндекс TG kanallar bazasining auditoriyasi qancha? Ushbu ma'lumotlar bilan yuqorida tanishishingiz mumkin. Eksklyuziv ma’lumotga ega bo‘lish uchun, bizni ijtimoiy sahifalarimiz orqali kuzating. 📱Telegram📱 Instagram
Hashtags
Argitaratua urr. 15(a)
#EVENT TAF! 2024 eng zo‘rlarni tanladi Bu yilgi TAF! da talabyuqori edi: topshirilgan 238 ta keysdan faqat 41 tasi (17%) mukofot oldi. TAF! 2024 natijalari bilan batafsilroq fotolavhamizda tanishishingiz mumkin. Quvonarlisi, nominatsiyalar bo‘yicha eng ko‘p yutgan yo‘nalish bu ijtimoiy loyihalardir – 15 ta keys (37%). Ularni hayotga tatbiq etgan AVO bank, payme, Click, GROSS, ЧАЙКОФ kompaniyalari munosib ravishda taqdirlandi. TAF! 2024 qahramonlari – 605 Agency jamoasi. Haqiqatdan, ular tomonidan taqdim etilgan ishlar eng yorqinlardan biri edi. Hammani lol qoldirgan “Onasini emsin!” keysini olasizmi, yo o‘ziga xos, noyob “TO‘Y” marosimi bo‘ladimi – har bittasi esda qolarli bo‘ldi. Shuning uchun mazkur jamoa eng ko‘p mukofotga va “Yil agentligi” unvoniga sazovor bo‘ldi. Lokals jamoasi ham kuchli ishlarni taqdim etdi. Toshkent mozaykalarini himoya qilish loyihasi haqida ko‘pchilik eshitgan, ammo “Nike – True Swoosh Kit” ham diqqatga sazovor. Hakamlar ta’kidlaganidek, bu loyiha konsepsiyasi rostdan ham noldan o‘ylab chiqilgan va o‘g‘irlanmaganligiga ba’zilari ishonmadi. Agarda o‘z ijtimoiy loyihalari bilan dunyoga mashhur Nike Markaziy Osiyoga kirib kelsa, uning uchun bunday keys deyarli tayyor. Va barchamizni hayratlantirgan keys – “Легкое ретро” kiyim-kechak brendining loyihasi ko‘plar uchun yangilik bo‘ldi. Uning negizida puxta o‘ylab chiqilgan brend konsepsiyasi va strategiyasi bor. 0 so‘m byudjet bilan auditoriya qamrovi 500 mingdan oshdi, ishlab chiqilgan mahsulotning esa 70% o‘n kun ichida sotildi! Barra kalla! TAF! 2024 da kam bo‘lsa-da, mukofotlar o‘z haqiqiy egasini topdi. Umid qilamiz, kelgusida festivalga topshiriladigan ishlarning sifati yanada oshadi va taqdirlanadi. Bu esa tadbir obro‘sini ko‘tarishga va O‘zbekiston marketing bozorini yanada rivojlanishga turtki bo‘ladi. Biz, o'z navbatida, bunday tadbirlarni yoritishda va sizlar uchun eksklyuziv ma’lumotlarni berishda davom etamiz. Bizni kuzatib boring. 📱Telegram📱 Instagram
Hashtags
Argitaratua urr. 12(a)
#EVENT TAF! 2024 o‘z ishini puxta biladiganlarni yig‘di “Bilganingni qil”. Ya’ni, hech narsadan qo‘rqma, o‘zingga ishon ma’nosiga ega shior ostida TAF! 2024 Oltinchi Toshkent reklama festivali o‘z ishini boshladi. Tantanali ochilishdan so‘ng an’anaviy ravishda ma’ruzalar qismi boshlandi. Sizlarga fikrimiz bo‘yicha eng qiziq bo‘lgan ma’ruzalar haqida qisqa ma’lumot taqdim etmoqchimiz. Ular bilan fotolavhamizda tanishishingiz mumkin. Eksklyuziv ma’lumotga ega bo‘lish uchun, bizni ijtimoiy sahifalarimiz orqali kuzating. 📱Telegram📱 Instagram
Hashtags
Argitaratua urr. 10(a)
#EVENT TAF! 2024 bo'sag'asida TAF! 2024 tanloviga topshirilgan va short-listga kiritilgan ishlarni sinchiklab o‘rgandik. Tadqiqotimiz bo‘yicha sizlar uchun qiziqarli ma’lumotlar to‘plamini tayyorladik. TAF! 2024 ga jami qancha ishlar topshirildi? Qaysi ish eng ko‘p nominatsiyaga sazovor bo‘ldi? Qaysi soha short-listda eng ko‘p nominatsiyaga ega? Bularning barchasi yuqorida ko‘rsatilgan. O‘rganib chiqing va TAF! 2024 da ishtirok etishni xohlovchilar va qiziquvchilariga yuboring. Biz ham mazkur tadbirga tashrif buyuramiz va siz uchun eksklyuziv ma’lumot beramiz. Bizni ijtimoiy sahifalarimiz orqali kuzating. Siz TAF! 2024 da ishtirok etasizmi? 👍 - Ha 😐 - Yo'q 👀 - Qatnashmayman, ammo kuzataman 📱Telegram📱 Instagram
Hashtags
Argitaratua urr. 5(a)
#EVENT TAF! 2024: qaysi keyslar yutishga loyiq? Joriy yilning oktabr oyida oltinchi marotaba bo‘lib o‘tadigan TAF! 2024 tanloviga topshirilgan ishlarning short-listi e’lon qilindi. 16 ta yo‘nalish bo‘yicha jami 91 ta keys nominatsiyaga qo‘yilgan. Biz ham short-listga kiritilgan keyslarni sinchiklab o‘rganib, 22 tasini mukofotga sazovor deb topdik. CREO UZBEK fikri bo‘yicha, qaysi keyslar g‘alaba qozonishi mumkin? Ushbu ro‘yxat maqolamizda batafsil ko‘rsatilgan. TAF! 2024 hakamlar hay'ati tomonidan saralab olingan ishlarning short-listi bilan tashkilotning rasmiy saytida tanishishingiz mumkin. Instagram sahifamizga ham a’zo bo‘ling va TG kanalimizda nashr etilmagan eksklyuziv ma’lumotlarga ega bo‘ling. 📱Telegram📱 Instagram
Hashtags
Argitaratua urr. 2(a)
#RE_BRANDING Taksidan superappgacha. Яндекс Go o‘z logotipini o‘zgartirdi Yangi logotipida nimalarga e’tibor berdingiz? Endi “Go” yozuvi boshqa shrift bilan egilib yozilgan bo‘lib, g‘ildiraklarni eslatadi. Shunday qilib, Яндекс o‘z vaqtida yetib borishini va buyurtmalarni yetkazib berishini vizual qurollar yordamida namoyish etmoqda. Logotip ko‘rinishida tezlik va harakatchanlik sezilmoqda. Ta’kidlash kerakki, Яндекс Go logotipi kompaniya rivojlanishi davomida ancha o‘zgardi. 2011-yilda Яндекс.Такси servisi ishga tushgan va faqat taksiga buyurtma berish uchun mo‘ljallangan edi. 2020-yilda uning negizida yangi ilova - Яндекс.Go ilovasi o‘ylab chiqildi. Yangi nom – yangi maqsadlar. Яндекс Go ekotizimli superappga aylanib, o‘z ichida ko‘plab xizmatlarni mujassam qiladi. Taksiga buyurtma berishdan tashqari, qator imkoniyatlar mavjud: taomlarga buyurtma qilish va yetkazib berish, yuk tashish, samokatda uchish, transport qatnovini bilish va xaritadan foydalanish. Logotipni o‘zgartirish vaqti kelgandi. Kelajakda Яндекс Go’da yangi xizmatlar paydo bo‘lib, uning nomi va tashqi ko‘rinishi o‘zgarishi tabiiy hol. Bozorda yetakchilik qilmoqchi bo‘lsangiz, unga moslashishingiz kerak. Sizga Яндекс Go'ning yangi logotipi yoqdimi? 🔥- Ha 👎 - Yo‘q 🤔 - Aniq javob berolmayman 📱Telegram📱 Instagram
Hashtags
Argitaratua urr. 1(a)
#DATE Ustoz otangdan ulug‘ Fidoyilik bilan xizmat qilgan ustozlarga bo‘lgan cheksizhurmat-ehtirom dono xalqimizning og‘zaki ijodida o‘chmas iz qoldirgan. Farzandlarimizni tarbiyalashda, ong va tafakkurini rivojlantirishda, davlatimiz ravnaqi yo‘lidan borishga undashda ustozlarimizning hissasi beqiyos. Aziz o‘qituvchi va murabbiylar, Sizlarni kasb bayramingiz bilan tabriklaymiz. Bizga chuqur bilim berganingiz va tarbiyalaganingiz, yetuk mutaxassis bo‘lishimizga yordam berganingiz uchun cheksiz minnatdorchilik bildiramiz. Shaxsiy va professional hayotingizda yanada ko‘proq marralarga erishing! 📱Telegram📱 Instagram
Hashtags
Argitaratua ira. 26(a)
Sizningcha, yuqorida ko'rsatilgan qaysi kompaniyalarning rebrendingi muvaffaqiyatli bo‘lgan? Layk orqali o'zingizga yoqqanini tanlang. 🏦 - Hamkorbank 🛒 - Korzinka 🍀 - Agrobank 🌯 - Oqtepa Lavash 📱 - Payme 📬 - UzPost
Argitaratua ira. 26(a)
#RE_BRANDING CREO UZBEK sharhlaydi: so'nggi 5 yilda O‘zbekistondagi eng yorqin rebrending keyslari Hamkorbank yaqinda keng omma orasida shov-shuvga sabab bo‘lgan yangi logotipini taqdim etdi. Fursatdan foydalanib, biz jamoatchilik xotirasida iz qoldirgan boshqa brendlarni ham esladik. Nima uchun aynan yuqorida ko‘rsatilgan brendlarni tanladik? Har bittasining negizida kuchli konsepsiya yaratilib, tashqi obrazida ifoda qilingan. Bunday rebrending nafaqat logotip o‘zgarishiga, shu bilan birga kompaniya faoliyatiga ham bevosita ta’sir qilib, ularni yangi pog‘onaga olib chiqdi. Mazkur brendlar haqida batafsil ma’lumotni maqolada o‘qishingiz mumkin. Yana qaysi qiziqarli rebrending keyslarini keltirsa bo'ladi? Iltimos, izohda o'z fikringizni bildiring. Instagram sahifamizga ham a’zo bo‘ling va TG kanalimizda nashr etilmagan eksklyuziv ma’lumotlarga ega bo‘ling. 📱Telegram📱 Instagram
Hashtags
Argitaratua ira. 20(a)
#EVENT Bu yil 21- va 22-sentabr kunlari Red Jolbors Markaziy Osiyo kommunikatsiyalar festivali bo'lib o'tadi. Unda O'zbekistondan jami 42 ta ish bir nechta yo'nalishlarda ishtirok etmoqda. Jamoamiz bilan sizga qulay bo'lishi uchun barcha O'zbekistondan qatnashayotgan ishlarni bitta maqolada jamladik. Maqola bilan tanishib chiqing. Sizningcha, qaysi ishlar bu yilgi festivalda g'oliblar ro'yxatidan joy oladi? Izohlarda o'z fikringizni yozib qoldiring. UPD: O‘zbekistondan Red Jolbors 2024 short listiga jami 28 ta kreativ ishlar saralanib olingan. Festivalning 2-kunida eng zo‘rlari ham aniqlandi. Bizning hamyurtlarimiz 14 ta nominatsiya bo‘yicha g‘alabani qo‘lga kiritdi: 5 taoltin, 3 takumush va 6 tabronza. Go‘liblarni tabriklaymiz va kelgusi Red Jolbors festivalida bizning ijodkorlarimiz yanada ko‘proq yutuqlarga sazovor bo‘lishadi deb umid qilamiz. Instagram sahifamizga ham a’zo bo‘ling va TG kanalimizda nashr etilmagan eksklyuziv ma’lumotlarga ega bo‘ling. 📱Telegram📱 Instagram
Hashtags
Argitaratua ira. 18(a)
#EVENT Hozirgi kunda Toshkentda ICT WEEK 2024 haftaligi bo‘lib o‘tmoqda. Tashkilotchilar ta’kidlaganidek, unda 200 dan ziyod xorijiy va mahalliy IT kompaniyalar ishtirok etmoqda. Biz ham mazkur haftalikning birinchi kunida tashrif buyurib, IT kompaniyalari tomonidan tayyorlangan stendlarni va taqdim etilgan mahsulot hamda yechimlarni o‘rganib chiqdik. Quyidagilar e’tiborimizni tortdi: ➖Central Asian university’dan startap – DAVO AI sog‘liq trekeri. ➖Nokia’dan 5G Standalone innovatsion mobil tarmoqlar texnologiyasi. ➖Yandex’ning Ultima yangi servisi – premium toifadagi taksi va restoranlardan taom buyurtma berish xizmati. ➖ ZTE’ning kompyuter o‘yinlari ishqibozlari uchun Nubia Red Magic 9 Pro flagman smartfoni. ➖ odoo kompaniyasi’dan biznes uchun kompleks ravishdagi universal yechim. ➖ Huawei’dan xorijiy tilda videoqo‘ng‘iroq orqali muloqot qilayotgan suhbatdoshlar uchun AI dasturi. Mazkur mahsulot va yechimlar to‘g‘risida maqolamizda batafsil o‘qishingiz mumkin. Instagram sahifamizga ham a’zo bo‘ling va TG kanalimizda nashr etilmagan eksklyuziv ma’lumotlarga ega bo‘ling. 📱Telegram📱 Instagram
Hashtags
Argitaratua ira. 16(a)
#BRAND_WARS Sentabr oyi boshida OSON to‘lov tizimi “Bizda ham 0%” reklama kampaniyasiga start berdi. Uning asosiy g‘oyasi raqobatchilarida bo‘lgan bilan bir xil shartlarni taklif qilmoqda – pul yuborish uchun 0%. Mazkur kompaniya taqqoslash tamoyillariga asoslangan bo‘lib, reklama beruvchi o‘z shartlarini raqobatchilarning shartlari bilan solishtirmoqda. Qonunchilik va etik qoidalarga muvofiq, boshqa brendlarning nomlarini keltirish mumkin emas. Shuning uchun OSON asosiy qurol sifatida raqobatchilarning ular tomonidan ishlatilayotgan ranglarini keltirib o‘tadi. Buni mahalliy bozorimizdagi o‘ziga xos, noyob keys desak ham bo‘ladi. Uning o‘ziga xosligi OSON “noyob qiymat taklif” ini, ya’ni УТП ni (ruschada “уникальное торговое предложение” ) taqdim qilmayapti. Aksincha, ular bir xil munosib shartlarni taklif qilishi haqida eslatib o‘tyapti. Mazkur reklama kampaniyasi qanday davom etadi? Raqobatchilar OSON’ga munosib javob bera oladimi? Vaziyatni kuzatamiz va sizlarni xabardor qilamiz. Instagram sahifamizni ham kuzating. U yerda berilgan videomizda siz yuqorida ko'rsatilgan reklama obyektlarini lokatsiyalari bilan bemalol ko'rishingiz mumkin. 📱Telegram📱 Instagram
Hashtags