Argitalpenaren edukia
Mahalliy hokimliklarga ko‘proq vakolat berilsa, nimalar o‘zgaradi? 1. Chiqindi muammosi: Chiqindi tashuvchi korxonalarni tanlash va nazorat qilish huquqini tuman hokimliklariga berish (Hozir viloyatda). Koreya tajribasida bu tizim samarali ishlayapti. 2. Ish o‘rinlari uchun jamg‘arma: Hozir bunday jamg‘armalar yo‘q. Taklif – har bir tuman va viloyat darajasida maxsus jamg‘arma tuzish, uni mahalliy budjet va grantlar orqali moliyalashtirish. 3. Tashabbusli budjetda sifatsiz pudratchilarni cheklash: Hozir ularni tenderdan chiqarish vakolati yo‘q. Taklif – 2 yilga tenderlardan chetlatish. Germaniya shunday qiladi va sifat oshgan. 4. Favqulodda xarajatlar: Mablag‘ ajratish 15-20 kun davom etadi. Taklif – tumanlarda zaxira jamg‘arma bo‘lishi va 1-2 kunda ajratish imkoniyati. Yaponiya modeli – 72 soat ichida yordam. 5. Fermer ekin yo‘nalishi: Hozir markaz belgilaydi. Taklif – mahalliy kengash qaror qilishi. Bu hosildorlikni oshiradi (Turkiya tajribasi). @feruzrahim