Argitalpenaren edukia
Zarafshon shahridagi shamol generatorlari tabiatga moslab qurilgan. Zarafshon shahrida 111 ta shamol generatorlari o'rnatilgan. O'rnatishdan oldin, tabiatni muxofaza qilish mas'ullari tomonidan ushbu loyihaga qarshilik qilingan. Asosiy sabab, o'sha hududda uchraydigan Qizil kitobga kiritilgan Boltayutar qushi va toshbaqalar. Loyiha tenderida innovatsion yichim taklif qilingandan keyin, ushbu loyihaga ruxsat berilgan. Boltayutar qush quyosh generatori parraklariga yaqinlashganda, maxsus sensorlar uni payqab, yovvoyi hayvon ovozini chiqaradi, yaqinlashgani sari kuchliroq, huddi dinozavrlar ovozidek, kuchli ovozkuchaytirgichlardan foydalanilgan. Natijada, ovozdan qochib, qush yo'nalishini o'zgartirib, parrakka tegib ketmaydi. Toshbaqalar esa, oldindan mutaxassislar ularning inlarini qidirib topib, ularni tutishgan, maxsus joylarda ularni boqib, loyiha bitgandan keyin, yana tabiatga qo'yib yuborilgan. Tabiatni, jonivorlarni asrab qoladigan O'zbekiston bilan faxrlanamiz! @feruzrahim