Argitalpenaren edukia
Zangazur transport koridori 8-avgust kuni tarixiy voqea yuz berdi: AQSh vositachiligida Ozarbayjon Prezidenti va Armaniston Bosh vaziri tinchlik deklaratsiyasini imzolashdi. Bu kelishuvning eng muhim sharti — Zangazur transport koridorining ochilishi. U Ozarbayjonni Naxichevan orqali Turkiya bilan bog‘laydi va shu yo‘l orqali Markaziy Osiyo davlatlari uchun Turkiya hamda Yevropa bozorlariga qisqa va xavfsiz chiqish eshigini ochadi. O‘rta koridorning bir qismi bo‘ladigan bu yo‘nalish Xitoy–Markaziy Osiyo–Kaspiy–Kavkaz–Yevropani tutashtiradi. Yuk oqimi allaqachon keskin oshmoqda: 2021 yilda 600 ming tonna bo‘lgan bo‘lsa, 2022 yilda 1,5 mln tonnaga yetdi, 2024 yilda esa 4,1 mln tonnani tashkil etdi. Jahon banki prognoziga ko‘ra, 2030 yilga borib bu ko‘rsatkich 11 mln tonnaga yetishi mumkin! 🇺🇿 O‘zbekiston uchun afzalliklar: Yuk tashish muddati 30 kundan 20–22 kunga qisqaradi, Bu koridor O‘zbekiston uchun Rossiya hamda Eron yo‘llaridan qaramlikni kamaytirish imkonini beradi. @feruzrahim