Argitalpenaren edukia
Anemiya bo‘yicha yangi ogohlantirish Avgustda e’lon qilingan “Global anemiya baholari – 2025” hisobotiga ko‘ra, so‘nggi 20 yilda ayollar (15–49 yosh) orasida anemiya pasaymadi — ayrim hududlarda hatto oshdi. Eng og‘ir vaziyat Afrika va Sharqiy O‘rta Yer mintaqasida: deyarli har ikkinchi ayol. O‘zbekistonda: ~2,7 mln ayol, ya’ni taxminan 30%. Homiladorlarda ayrim joylarda 35–40% gacha. Sabablar: temir tanqis ovqatlanish (choy-non bilan birga temir yomon so‘riladi), hayvon oqsillari (go‘sht, jigar, baliq) kam yeyish, surunkali kasalliklar va ijtimoiy omillar. Iqtisodiy ta’sir: mehnat unumdorligi pasayadi, tibbiyot xarajatlari oshadi. O‘zbekistonda yillik yo‘qotish 1–3% YaIM atrofida; profilaktikaga kiritilgan har $1 — $12–15 iqtisodiy qaytim beradi. Nima qilish kerak? Unni temir va folat bilan boyitishni, tuzni yodlashni 90% uy xo‘jaliklarigacha yetkazish. Homiladorlar, o‘smir qizlar va bolalarni temir/folat bilan muntazam ta’minlash. Chorvachilik va baliqchilik mahsulotlariga e'tibor. @feruzrahim