Argitalpenaren edukia
Kanadada "Yashirin iqtisodiyot” YAIMning atigi 2.5%ini tashkil qiladi. Nega? Chunki u yerda soliqdan qochgan tadbirkorga osonlikcha qutulib ketishning iloji yo‘q. Ba'zi usullar: - Soliq idorasi 35 ta maxsus “audit guruhi” tuzgan – ular qurilish, restoran, ijara bozori kabi eng ko‘p yashirin pul aylanadigan sohalarni tekshiradi. - “Zapper” – ya’ni savdoni yashirish dasturi o‘rnatgan biznesga 100 ming dollargacha jarima va 5 yilgacha qamoq jazosi bor. - Kanada Soliq agentligi qurilish, kafe, ijara bozori, hatto “naqdga to‘y xizmati”gacha tekshiradi. Oddiy fuqarolar ham maxfiy xabar bera oladi. - “Get It In Writing!” – uy qurdirayotgan odamlar, ustadan rasmiy kvitansiya so‘rashga chaqiruvchi kampaniya. “Naqd berib, arzon qilish” madaniyati yo‘q qilinmoqda. CRA har yili yashirin iqtisoddan qaytarilgan pullarni ochiq e’lon qiladi: milliardlab dollarlar! Soliqdan qochish – jinoyat. Nafaqat jazolanadi, balki jamiyatda qoralanadi. Bularning ko‘pi O‘zbekistonda yo‘q hali. Ammo boshlasak – bo‘ladi! @feruzrahim