TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Feruz Rahimov
Feruz Rahimov avatar

TGINSIGHT POST

Post #138

@feruzrahim

Feruz Rahimov

Ikusaldiak95Ikusaldi kopurua
Argitaratuaira. 9(a)2025/09/09 (10:42)
Edukia

Argitalpenaren edukia

Kelasi o‘quv yilidan maktablarning yuqori sinf o‘quvchilari uchun sun’iy intellekt bo‘yicha maxsus darslar joriy etilar ekan. Buning uchun barcha zarur sharoitlar yaratish rejalashtirilmoqda. Hatto ayrim iqtidorli o‘quvchilar keyinchalik texnik universitetlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri 2-kursdan qabul qilinishi ham ko‘zda tutilmoqda. Xitoy ham maktab dasturiga sun’iy intellekt fanlarini qo‘shib ulgurgan edi. Qiziq tomoni shundaki, G‘arb davlatlari SI’ni qanday cheklash haqida bosh qotirayotgan bir paytda, Sharq mamlakatlari unga tobora katta e’tibor qaratmoqda. Menimcha, bu juda to'g'ri qaror. Sun'iy intellekt bilan ish samaradorligimiz bir necha barobar oshishi mumkin. Sun’iy intellekt bugungi kun talabi. Uni taqiqlash emas, balki undan to‘g‘ri va samarali foydalanishni o‘rganish kerak. @feruzrahim