TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Feruz Rahimov
Feruz Rahimov avatar

TGINSIGHT POST

Post #139

@feruzrahim

Feruz Rahimov

Ikusaldiak101Ikusaldi kopurua
Argitaratuaira. 9(a)2025/09/09 (11:59)
Edukia

Argitalpenaren edukia

Arnasoy tumani hokimi inlgiz tili tanlovi g'olibi bo'lgan o'quvchi, uning ota-onasi, o'qituvchisi, maktab direktorinini Dubayga bepulga jo'natibdi. Ingliz tili bo'yicha o'quvchilar uchun tuman hokimi tanlov e'lon qilgan edi. Tanlov g'olibi bo'lgan o'quvchilar, o'quvchining ota-onasi, ingliz tili o'qituvchisi, maktab direktorini - jami 13 kishini Dubayga sayohatga jo'natibdi. Tuman hokimi bu an’ana har yili davom etishini bildirgan. Kelgusi yilda esa ingliz tili bilan birgalikda matematika fani ham qo'shilar ekan. Eng qizig'i: Mustaqillik bayramida tantanali taqdirlashdan keyin, Arnasoydagi xitoylik investor jo'shqinlanib, keyingi yilgi tanlov uchun homiylikni o'z bo'yniga olib, Xitoyga sayohat yo'llanmasini berishga va'da beribdi. Arnasoy tajribasi qoyil qoldirmoqda. @feruzrahim