TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Feruz Rahimov
Feruz Rahimov avatar

TGINSIGHT POST

Post #150

@feruzrahim

Feruz Rahimov

Ikusaldiak89Ikusaldi kopurua
Argitaratuaira. 24(a)2025/09/24 (14:37)
Edukia

Argitalpenaren edukia

Lobbizm nima? Lobbizm – bu davlat idoralari va hokimiyat organlariga ma’lum guruhlar yoki korxonalar o‘z manfaatlari yo‘lida bosim o‘tkazishi. Ya’ni ular davlatning qarorlari, qonunlari yoki yordamlarini jamiyat ehtiyoji uchun emas, balki o‘z foydasi uchun ishlatishga harakat qiladi. Masalan, lobbistlar korxonalarga davlat buyurtmalari, kreditlar, imtiyozlar yoki litsenziyalar olishda yordam beradi. Yangi korxona ochishda qulay sharoit yaratadi yoki raqobatchilarni chetlashtirishga intiladi. Aslida, bunday faoliyat ko‘pincha qonuniy ko‘rinishda bo‘lsa-da, natijada ayrim shaxslar yoki guruhlarning manfaatini himoya qiladi. Bu esa adolat tamoyiliga zarar yetkazib, korrupsiyaga yo‘l ochishi mumkin. Shu sababli, lobbizm jamiyatdagi islohotlarga to‘sqinlik qilib, mamlakat taraqqiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. "Aksilkorrupsiya alifbosi" kitobidan.