TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Feruz Rahimov
Feruz Rahimov avatar

TGINSIGHT POST

Post #152

@feruzrahim

Feruz Rahimov

Ikusaldiak81Ikusaldi kopurua
Argitaratuaira. 28(a)2025/09/28 (03:05)
Edukia

Argitalpenaren edukia

Madaniy xordiq. Teatr baribir ajoyib xordiq vositasi. Kecha madaniy xordiq chiqardik. Aktyorlar zo'r. Bir narsani o'ylab qoldim: Kecha teatrda orqaroq o'rindiqda o'tirib qoldik, ovoz ba'zida eshitilmay qolyapti. Ba'zi o'rindiqlar buzilgan. Endi teatrlarga ham pul sarflab, ta'mirlab, yashirincha yoki yoqa mikrofonlari, sifatli ovoz kuchaytirgichlar, turli vizual effektlar, zamonaviy akustik vositalarni joylashtirish vaqti kelmadimikan? Masalan, "Muqimiy" nomli teatr qurilganiga 86 yil bo'lgan. O'z davrida eng zo'ri bo'lgan bo'lishi mumkin, lekin, endi uni zamonaviy jihozlash payti keldi. Teatr bileti konsertdan ko'ra arzon, aktyorlar gonorari qimmat, menimcha, sof foyda bunday narsalarga yetmaydi. Davlat tomonidan madaniy sohaga ajratilayotgan mablag'lardan teatrlarga ham yo'naltirish kerak. Ham ta'mirlashga, ham aktyorlar xarajatlariga. Shunda, kuchli aktyorlar ko'pi faqat kinoga o'tib ketmaydi. Xalqning madaniy xordiq sifati oshadi. Teatr bu ibratxonadir. @feruzrahim