Argitalpenaren edukia
🌍 Yer osti suvlari – Groundwater levels 🔹 Jahon bo‘yicha: 47 mamlakatdagi 37 ming stansiya ma’lumotiga ko‘ra – 38% yer osti suvlari darajasi normal, 25% past, 37% yuqori. Yevropa, Hindiston va Braziliyada yog‘ingarchilik suvlari orqali yaxshilandi, ammo Janubiy Yevropa, AQSh va Afrikada pasayishdavometmoqda. 🔹 Qozog‘iston va Rossiyadagi yog‘inlar qisman tiklanishga olib kelgan. O‘zbekistonda esa suv tanqisligi sharoitida ortiqcha nasoslarni ko'paytirib yuborish xavfli. 🔹 Jahon bankiga ko‘ra, O‘zbekistonda 18,5 km³ chuchuk suv bor, 7,7 km³/yil foydalanishga ruxsat etilgan, hozirda 0,5 km³/yil ishlatiladi. Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Buxoro va Navoiyda suv sathi pasaymoqda, sifati yomonlashmoqda. 🔹 Suv talabi: asosan 50,9 km³/yil sirt suvlar hisobidan. Foydalanish tarkibi: 90% qishloq xo‘jaligi, 4,5% kommunal, 1,4% sanoat. 💧 Xulosa: Yer osti suvlari – strategik zaxira, ularni samarali boshqarish va tiklash suv xavfsizligi uchun muhim. @feruzrahim