Argitalpenaren edukia
Dubai va Abu Dabi sayohatim — bu shunchaki sayohat emas, balki strategik kuzatuv, rivojlanish modeli, kelajak uchun darslar bo‘ldi. Quyida eng muhim xulosalarim bilan bo'lishaman: 1) BAA – 50 yillik uzoq muddatli strategiya bilan ishlaydi. 2) Dubai va Abu Dabi iqtisodiy mo‘’jizasi 3 yo‘nalishga asoslangan: - Dunyoning eng yaxshi yo‘llari. Bu narxlarni arzonlashtiradi, logistika tezligini oshiradi. - Dubai Airport – jahonda 1-raqamli tranzit tugun. - Metro, tramvay, avtobuslar — aniqlik 1 daqiqada. 3) BAA turizmi 3 asosiy ustunga qurilgan: - Tajriba turizmi (skydiving, cho‘l safari) - Oilaviy turizm (Legoland, Ferrari World) - Biznes turizmi (kongresslar, ko‘rgazmalar) 4) BAA iqtisodiy o‘sishning 70% ini xususiy sektor ishlab chiqadi. Hukumat faqat sharoit yaratadi. 5) Smart City: har bir signal, kamera, yo‘l holati markazdan kuzatiladi; kommunal xizmatlar 24/7 ishlaydi. 6) Dubai – o‘zini dunyoga “Eng xavfsiz, eng zamonaviy, eng qulay shahar” sifatida tanitdi.