TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Feruz Rahimov
Feruz Rahimov avatar

TGINSIGHT POST

Post #206

@feruzrahim

Feruz Rahimov

Ikusaldiak77Ikusaldi kopurua
Argitaratuaaza. 24(a)2025/11/24 (06:23)
Edukia

Argitalpenaren edukia

AQSh bilan qurilish sohasida qanday hamkorlik qilish mumkin? 1. “Aqlli shahar” texnologiyalari Cisco va IBM kabi kompaniyalar bilan transport, xavfsizlik va infratuzilma boshqaruvini raqamlashtirish. Huddi “Smart Astana” kabi. 2. Zilzilabardoshlik va yong‘inga chidamlilik USGS va FEMA bilan birgalikda seysmik xaritalarni yangilash, eski uylarni inventarizatsiya qilish va ularni mustahkamlash. 3. Energoeffektiv uylar Energy Star va LEED standartlari asosida energiya auditi, “passiv uy”, aqlli termostatlar va uylar tomiga quyosh panellari. 4. BIM texnologiyalarini joriy etish Autodesk bilan hamkorlikda 3D emas, to‘liq ma’lumotli raqamli bino modeli yaratadi. 5. Kadrlar tayyorlash MIT, Stanford, Autodesk bilan qo‘shma magistratura va sertifikatlash dasturlari tashkil etish. 6. Uy-joy moliya bozori AQShdagi ipoteka obligatsiyalari, “yashil ipoteka” va ESCO-modellarini o‘rganish. 7. Madaniy merosni tiklash Muzey, teatr va tarixiy obidalarni restavratsiya qilishda AQSh fondlarini jalq qilish.