TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Feruz Rahimov
Feruz Rahimov avatar

TGINSIGHT POST

Post #220

@feruzrahim

Feruz Rahimov

Ikusaldiak101Ikusaldi kopurua
Argitaratuaabe. 6(a)2025/12/06 (15:06)
Edukia

Argitalpenaren edukia

O'zbek Milliy Akademik drama teatrida "Eringizni menga soting" komediya spektakliga tushdik. Joy qolmay balkondan tomosha qildik. Joy qolmaganligining asosiy sababi ayollar o'z erlaridan charchagani emish. Spektakl yoqmadi. Eng katta teatr uchun saviyasi yarashmabdi. Hozirgi o'zbek seriallaridagi trend mavzular sabab, hammaga yoqdi. Odamlar seriallar orqali manipulyatsiya qilinmoqda. Spektaklda ayoliga xiyonat, erini kundoshiga pul evaziga berish, er dam olishda, hech kim yo'qligida uyida, xolasinikida o'ynashi bilan birga bo'lishi, ayollarning alkogol ichishi, ko'p yashab bir biridan zerikish, yengiltak ayol baxtli bo'lishi, xaftada ikki marta birga bo'lish, sermuhabbatlilik, o'zini osish kabi sahnalar ayollarimizni "o'ylashga" majbur qilmoqda. Oxirida o'git sifatida ko'rsatishdi. Yana oxirida ikki kundosh ham boshqa erkak bilan ikki oydan beri gaplashib yurgani bilan maqtanishdi, erkak ham yangi sevgilisiga telefon qildi. Yaxshiyam balkondan arzon bilet sotib olibman Ma'no va maqsad topish qiyin.