Argitalpenaren edukia
O‘zbekistonda ayrim hududlarda yerlarning 60–90% nasoslar orqali sug‘oriladi. Natijada energiya sarfi 0,4–0,7 kVt·soat/m³, yillik xarajat esa $350 mln+ ga yetadi. Vegetatsiya davrida sug‘orish uchun ketadigan elektr energiyasi mamlakat iste’molining 15–21% ini tashkil etadi Texnik yo‘qotishlar ham juda katta: mintaqada 30–60% suv hisobga olinmaydi (G‘arbiy Yevropada 8–25%). Har bir 1% suv yo‘qotilishi energiya sarfini 1,5–3% ga oshiradi. Masalan, Qashqadaryoda kanallardagi yo‘qotishlar 40–45% ga yetib, deyarli ikki baravar ko‘p suv (va elektr) sarflashga majbur qilmoqda Qanday yechimlar bor: - eski nasoslarni chastotali boshqaruv (VSD) bilan almashtirish — 50% gacha energiya tejaladi; - raqamli boshqaruv va monitoring — 10–30% qo‘shimcha tejash; - kanallarni modernizatsiya qilish (masalan, Qoraqalpog‘istonda 80% gacha nasos xarajatlari qisqardi, 60 mln kVt·soat/yil iqtisod qilindi).