Argitalpenaren edukia
YouTube monetizatsiyasiga yo‘l ochilayaptimi? O‘zbekistonda “Shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirish kiritildi. Avval barcha shaxsiy ma’lumotlar faqat O‘zbekiston serverlarida saqlanishi shart edi. Shu sababli Google, Apple, PayPal kabi kompaniyalar to‘liq ishlay olmagan. Endi esa: - ayrim ma’lumotlarni xorijda (cloud serverlarda) qayta ishlashga ruxsat beriladi; - buning uchun xalqaro xavfsizlik standartlariga rioya qilish talab etiladi. Bu nimani anglatadi? - Apple Pay va Google Pay ishga tushishi mumkin — telefon orqali to‘lovlar; - PayPal va elektron tijorat rivojlanadi — freelanserlar va tadbirkorlar uchun qulaylik; - YouTube monetizatsiyasi uchun asosiy huquqiy to‘siq yumshaydi. Xulosa: O‘zbekiston xalqaro IT va to‘lov gigantlari uchun qonunchilikni moslashtirmoqda. Bu esa YouTube orqali daromad qilish imkoniyatlariga real yaqinlashuv demak. Manba