TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Feruz Rahimov
Feruz Rahimov avatar

TGINSIGHT POST

Post #240

@feruzrahim

Feruz Rahimov

Ikusaldiak157Ikusaldi kopurua
Argitaratuaots. 6(a)2026/02/06 (10:51)
Edukia

Argitalpenaren edukia

❗️❗️❗️OAV biz haqimizda 🇺🇿 “Kambag‘allikdan farovonlik sari” davlat dasturi ijrosi amalda 🖋Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Jizzax filiali sho‘ba mudiri Feruz Rahimov “O‘zbekiston 24” telekanalining “Axborot 24” dasturida Jizzax viloyati mahallalari misolida “Kambag‘allikdan farovonlik sari” davlat dasturi doirasida aholi turmush darajasini oshirish, bandlik va barqaror daromad manbalarini yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi. Prezident tomonidan og‘ir tuman va mahallalarni aniqlab, ular bilan alohida ishlash bo‘yicha berilgan topshiriqlar asosida respublika bo‘yicha 37 ta og‘ir tuman va 93 ta og‘ir mahalla belgilandi. Ushbu ro‘yxatga Jizzax viloyatidan 3 ta tuman va 36 ta mahalla kiritilgan. Jizzax viloyati misolida aholini manzilli qo‘llab-quvvatlash, doimiy ish o‘rinlari yaratish, tadbirkorlik va kasb-hunarga o‘qitish orqali kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda. Batafsil o‘qish: review.uz/oz/282 ▶️ Batafsil lavha va to‘liq video 🖋Cerr.uz✈️Telegram💻Facebook🖥(Twitter)▶️YouTube