Argitalpenaren edukia
Buyuk Britaniya bilan O‘zbekiston qurilish sohasida qanday hamkorlik qilishi mumkin? BIM texnologiyalari bo‘yicha qo‘shma kompetensiya markazi tashkil etish. Bu markaz o‘zbek muhandislarini ISO 19650 standartlari asosida tayyorlab, xorijiy loyihachilarga qaramlikni kamaytiradi. BREEAM kabi britancha energiya samaradorligi standartlarini O‘zbekistonning issiq va quruq iqlimiga moslashtirish. Digital Twins, ya’ni raqamli egizak texnologiyalarini joriy etish. Bu orqali “Yangi Toshkent” kabi yirik loyihalarda muhandislik tarmoqlari real vaqt rejimida nazorat qilinadi, avariyalar oldindan aniqlanadi va infratuzilma xizmat muddati 25 foizgacha uzayadi. Shuningdek, Britaniya tajribasi asosida RICS standartlari bo‘yicha loyiha boshqaruvi, qurilish xarajatlarini baholash va muhandislarni sertifikatlash tizimini yo‘lga qo‘yish. Eng muhimi, ingliz huquqi va FIDIC shartnomalari asosida qurilish arbitraj markazi tashkil etilsa, xorijiy investorlarning O‘zbekistonga ishonchi yanada ortadi. Bugungi izlanishlarimdan