TGINSIGHT CHAT
Oybek Kodirov
@kodirov_oybek
Marketing, PR, advertising“Ozroq marketing, ozroq falsafa” Ushbu bitiklardan biror foydali va yaxshi narsa topsangiz, Alloh taoloning fazlidan deb, barcha xato va nuqsonlarni kamina xodimingizdan deb bilishingizni so‘raymiz.
Azken argitalpenak
1/24 orria · 278 argitalpen
Argitaratua duela 11 egun
So‘nggi bir nechakun uyda ishlashga harakat qilib ko‘rdim. Sokin, hamma sharoit bor. Ovqat, ichimlik, Cougar kreslo… Lekin umuman ishlolmadim. Fikrim jamlanmadi, o‘zimni ish muhitida his qilolmadim. Bugun esa ko‘chaga chiqdim. Safia’da o‘tiribman. Atrof shovqin, ko‘chada kimdir beton teshyapti. Hamma gaplashib o‘tiribdi. Ammo miya 2x yaxshiroq ishlayapti. Yoshi ulug‘lar: “Erkakning rizqi – ko‘chada”, deb bejiz aytishmagan. Frilanser bo‘lib, uyidan chiqmaydiganlar qanday ishlaydi, hayronman. @kodirov_oybek
Argitaratua duela 15 egun
Ilm faqat darsxonadagina emas Safarlarda ham ilm olinadi. Kuni kecha o‘quvchilar bilan Lashkarak sharshasiga bordik. Birga uzun suhbatlar qurdik, o‘ynadik-kuldik, tafakkur qildik. Bir-birimizni yaqindan tanidik. Birga safar qilgan, yashagan, pul oldi-berdi qilgan insonlaringiz haqida fikr bildirishga haqli bo‘lasiz, deyishardi ulug‘lar. Safarni mazmunli qiladigan narsa qayerga borishingiz emas, kim bilan borishingizdir. @kodirov_oybek
Argitaratua mai. 5(a)
Otamiz dorul fanodan dorul baqoga rihlat qilganlariga 267 kun bo‘ldi. Qabrlaridan ajib bir gul o‘sib chiqibdi. Uchida asalarilar o‘ynagan… Otam rohimahullohning go‘zal xislatlaridan biri – kichik narsalardan ham quvonishni bilardilar. Shunchaki mazali…
Argitaratua mai. 5(a)
Otamiz dorul fanodan dorul baqoga rihlat qilganlariga 267 kun bo‘ldi. Qabrlaridan ajib bir gul o‘sib chiqibdi. Uchida asalarilar o‘ynagan… Otam rohimahullohning go‘zal xislatlaridan biri – kichik narsalardan ham quvonishni bilardilar. Shunchaki mazali nonushta, tuvakda o‘sgan gul, xatto nevaralarining yangi kiyimiga ham xursand bo‘lib ketardilar. Otamizning fazilatlarini davom ettirish nasib qilsin. @kodirov_oybek
Argitaratua api. 22(a)
Ogoh bo‘ling Iblis talabalarga ustozlarining aybini ochib ko‘rsatadi. Toki ustozni yomon ko‘rsin va uning ilmidan nasiba ololmasin. Odamlar dars beruvchiga katta standardlar qo‘yib olishadi. Natijada ilm ololmay qolishadi. Agar xatosi bor inson nasihat qilmasin, deyilsa, yer yuzida kim nasihat qila oladi? “Nasihat qilinuvchining shartlaridan biri – nasihat qiluvchining ayblaridan ko‘zni tiyish”. @kodirov_oybek
Argitaratua api. 20(a)
Mayli, shunday tug‘ilibsan, lekin nega endi shunday o‘lishing kerak? @kodirov_oybek
Argitaratua api. 9(a)
1. Inson qo‘lidan keladigan ish uchun birovdan gap eshitmaydi. 2. Stress – qilishga imkoningiz bo‘la turib, qilmagan ishingizdan kelib chiqadi. @kodirov_oybek
Argitaratua api. 5(a)
+1
Argitaratua api. 2(a)
Baraka haqida anglaganlarim Ba’zi odamlarni ko‘rasiz, ilmi joyida, xulq-atvori joyida bo‘ladi. Gaplashib ko‘rsangiz, fikrlashi ham o‘tkir. Bir yaxshi hunari ham bor. Lekin allambalo ishlar bilan band bo‘ladi, bir nimalar bilan o‘ralashib yuradi. Ya’ni hayotida baraka bo‘lmaydi. Insonda ilm bo‘lsa, biror mutaxassisligi bo‘lsa, shuni boshqalarga bo‘lishish payida bo‘lishi kerak. Qanday qilib shu kasbimdan ko‘proq inson manfaat ko‘radi, qanday qilib ko‘proq insonlarga yordam bera olaman, deb yashash kerak. Shu bor ilmni boshqalarga o‘rgatib, ularni ham hayotini yaxshilashga intilib yashashi kerak. Ana shunda umrda baraka bo‘ladi. @kodirov_oybek
Argitaratua api. 1(a)
Kuchli insonlarni hech kim yoqtirmaydi Chunki, kuchli inson – bu noqulay inson. U ichidagini gapiradi. Nima to‘g‘ri bo‘lsa, shuni aytadi. Unda aniq pozitsiya bor. “Yo‘q” demoqchi bo‘lgan joyda – “yo‘q” deydi. U rol o‘ynamaydi, o‘zini ko‘rsatmaydi, yoqish uchun o‘zidan kimdirni yasab olmaydi. Buqalamunga o‘xshab tuslanmaydi. Kuchli inson – bu o‘zi bo‘lib qoladigan inson. Hatto bu atrofdagilarga noqulay bo‘lsa ham. U haqida konfliktli, murakkab, xarakteri og‘ir deyishlari mumkin. Lekin aslida u shunchaki o‘z hayotini yashaydi, boshqalarga moslashmaydi. Bunday insonlar noqulay tuyuladi. Ammo aynan shular eng ishonsa bo‘ladigan toifadir. Noqulay bo‘l. @kodirov_oybek
Argitaratua mar. 26(a)
O‘zini oqlaydigan investitsiya @kodirov_oybek
Argitaratua mar. 25(a)
Qur’ondan maktublar