TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← O’zbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi
O’zbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi avatar

TGINSIGHT POST

Post #1141

@mpfuz

O’zbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi

Ikusaldiak133Ikusaldi kopurua
Argitaratuaurt. 13(a)2021/01/13 (14:03)
Edukia

Argitalpenaren edukia

​​UZ Jismoniy mashqlar paytida suv ichish qoidalari Sportchilar jismoniy mashqlar paytida tanadagi suv yo'qotishlarini o’rnini to’ldirish muhimligini yodda tutishlari kerak. Suv tananing hayoti uchun juda zarur va yoshi kattalar massasining taxminan 80% ni tashkil qiladi. Suv ozuqa moddalarini to'qima va organlarga yetkazishda, qon hajmini saqlashda va tana haroratini boshqarishda muhim rol o'ynaydi. Quyida suyuqlik iste'mol qilish bo'yicha sportchilar uchun bir nechta amaliy maslahatlar mavjud: ■ O'quv mashg'ulotidan yoki musobaqadan ikki soat oldin 500 ml suyuqlik ichish tavsiya etiladi, chunki mashqlar oldidan tana suv bilan to'yingan bo'lishi kerak. ■ Jismoniy faollik paytida har 15-20 daqiqada 150-300 ml suyuqlik iste'mol qilish tavsiya etiladi, chunki jismoniy mashqlar paytida suyuqlikni tanaga singdirilish intensivligi soatiga 1 kg tana vazniga qarab 10-15 ml atrofida o'zgarib turadi. ■ Yuqori harorat yoki yuqori namlik muhitida mashq qilish odatdagidan ko'proq suyuqlik talab qiladi. ■ Jismoniy mashqlar paytida chanqoqlik organizmning suyuqlikka bo'lgan ehtiyojining asosiy ko'rsatkichi emas; jismoniy faollik paytida chanqoqni his qilish tana vaznining 2% pasayishini aks ettirishi mumkin. ■ Jismoniy faollik paytida uglerod tarkibiga ega (4-8%, ya'ni 1000 ml ga 40-80 g uglevodlar) ichimliklar iste'mol qilish tanani ekzogen energiya va suyuqlik bilan ta'minlaydi, va ularning manbai fruktoza emas bo’lmagani sababli suv singdirilishi jarayonini buzmaydi. ■ Treningdan so'ng, regidratatsiyani 1 kg tana vazniga 1000 ml suyuqlik miqdorida, shuningdek siydikdagi suyuqlik yo'qotilishini qoplash uchun yana 250-500 ml miqdorida ta'minlash kerak. ■ Biroz tuzlangan, sovuq (10-12 C), hidga ega ichimliklar hoxishiy chanqoq xissini berishi mumkin. ■Natriy, kaliy va xlor ionlari tanadan ter bilan ajraladigan asosiy elektrolitlardir; ularning yo'qotishlarini to'ldirish uchun siz maxsus "sport" ichimliklarini iste'mol qilishingiz yoki mashqdan so'ng olingan ovqatga ozgina tuz qo'shishingiz, shuningdek kaliyga boy ovqatlardan foydalanishingiz kerak (masalan, banan, apelsin, tsitrus sharbatlari, ko’plab sabzavotlar, ayniqsa pishirilgan kartoshka). ■ Jismoniy mashqdan so'ng uglevod-elektrolit tarkibidagi suv yoki ichimliklar yordamida tanadagi suyuqlik muvozanatining to'liq tiklanishini ta'minlash kerak. Spirtli ichimliklar va kofein tarkibida bo’lgan ichimliklar siydik chiqarishni tezlashishiga olib kelishi mumkin va shuning uchun bu muvozanatni tiklash uchun kerakli ta'sir ko'rsatmaydi. ■ Tananing yetarli darajada namlanishi sababli ko’p miqdorda ajralayotgan siydik toza va rangsiz bo’ladi. ■ Gazlangan suvni iste'mol qilish qat'iyan man etiladi. Sportchilarga kola, fanta va boshqa gazlangan ichimliklar ichish taqiqlanadi.