TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← O’zbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi
O’zbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi avatar

TGINSIGHT POST

Post #1145

@mpfuz

O’zbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi

Ikusaldiak130Ikusaldi kopurua
Argitaratuaurt. 15(a)2021/01/15 (03:04)
Edukia

Argitalpenaren edukia

‼️2021-yil o'smirlar o'rtasidagi Jahon chempionati va 2021 yilgi yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionatlari o’tkazilish sanasi keyinroqqa qoldirildi‼️ 2021 yil 12 yanvarda Xalqaro Zamonaviy Beshkurash Ittifoqi (UIPM) Ijroiya qo'mitasi 2021 yil fevral oyida bo'lib o'tishi kerak bo'lgan UIPM o'smirlar o'rtasidagi 2021 yilgi jahon chempionati va 2021 yilgi UIPM yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatini kechiktirishga ovoz berdi. Tanlov quyidagi kunlarga qoldirildi: Iskandariya (Misr) • 4-10 iyul: UIPM 2021 yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionati (19 / 17 gacha) • 11-17 iyul: 2021 yil UIPM o'smirlar o'rtasidagi Jahon chempionati Ushbu chempionatlarning maqsadga muvofiqligini baholash uchun UIPM Ijroiya qo'mitasiga davom etayotgan COVID-19 koronavirus pandemiyasining global ta'siri, boshqa mamlakatlardan kelgan jamoalar duch keladigan parvoz cheklovlari va Misrda shu virusning hozirgi darajasi tarqalib ketganligi to'g'risida ma'lumotlar berildi. Shuningdek, UIPM Ijroiya qo'mitasiga tadbirlarni tashkillashtiruvchilar uchun COVID-19 infektsiyasini oldini olish bo'yicha yangi UIPM yo'riqnomasiga muvofiq (Misr) Iskandariyadagi mahalliy tashkilotchilarning chempionatlarni o'tkazishga tayyorligi to'g'risida hisobot taqdim etildi. Taqdim etilgan barcha ma'lumotlarni baholaganidan so'ng, UIPMning yuqori boshqaruv organi barcha ishtirokchilarning sog'lig'ini himoya qilish uchun musobaqani keyinga qoldirishga qaror qildi. UIPM prezidenti doktor Klaus Schormann shunday dedi: "Afsus va nadomatlar bilan 2021-yilgi UIPM o'smirlar o'rtasidagi Jahon chempionati va 2021 yilgi UIPM yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionatini o’tkazish sanalari boshqa kunga qoldirilishini e'lon qilamiz. Koronavirus pandemiyasi dunyodagi aksariyat mamlakatlarning qat’iyatini jiddiy sinovdan o'tkazmoqda va ushbu noyob davrda sog'liqni saqlash ustuvor vazifa bo'lishi kerak. Men o'spirin yoshlarimiz uchun juda hafaman, chunki ular yana jahon sahnasida chiqish uchun yangi imkoniyatni kutishlari kerak. Men bugun ushbu sportchilarga: siz bizning harakatimizning kelajagi ekanligingizga amin bo'ling. Jahon hamjamiyati sifatida biz sizga munosib imkoniyatlarni taqdim etish uchun tinimsiz ishlashda davom etamiz. Xavfsiz mashqlarni bajarishda davom eting, hukumat va tibbiyot maslahatlarini tinglang va sog'lig'ingizga g'amxo'rlik qiling. Sizning vaqtingiz keladi! " deb aytaman.