Argitalpenaren edukia
O'zb: ‼️Osiyo Olimpiya kengashi Tailandning Bangkok shahrida 2021-yil 21-30 may kunlari bo'lib o'tishi kerak bo'lgan yopiq inshootlarda va jang san’ati bo'yicha VI Osiyo o'yinlari qoldirilganligini e'lon qildi.‼️ Osiyo Olimpiya kengashi 14-yanvar kuni bergan bayonotida global COVID-19 pandemiyasi, ko'plab mamlakatlarda sayohatlarga cheklovlar va qit'adagi sog'liqni saqlash protokollari sababli shu qarorga kelganini aytdi. Yopiq inshootlarda va jang san'atlari bo'yicha VI Osiyo o'yinlarining yangi sanalari 2022 yil 10-20 mart kunlariga belgilangan. Osiyo Olimpiya Kengashi Tailand milliy olimpiya qo'mitasi va yopiq inshootlarda bo’lib o’tadigan jang san'atlari bo'yicha VI Osiyo o'yinlari barcha milliy olimpiya qo'mitalari manfaati, sportchilar va barcha ishtirokchilarning xavfsizligi va sog'lig'ini ta'minlash uchun tashkiliy qo'mita bilan batafsil muhokamalardan so'ng ushbu qarorni qabul qildi. Bu joriy yilda qoldirilgan ikkinchi qora darajadagi tadbir. Avvalroq, Xitoyning Sanye shahrida mart oyida o'tkazilishi rejalashtirilgan VI Osiyo Olimpiya o'yinlari Osiyo Olimpiya kengashi qarori bilan noma'lum muddatga qoldirilgandi.