Argitalpenaren edukia
UZB: Daily Mail habar berishiga ko'ra, Yaponiya hukumati Tokiodagi Olimpiadani bekor qilishi mumkin Yaponiya hukumati COVID-19 pandemiyasi sababli 2021-yil yoziga qoldirilgan Tokiodagi Olimpiya o'yinlarini bekor qilish kerak degan xulosaga kelishdi. Bu haqda hukumatning yuqori martabali manbasiga asoslanib Times xabar bermoqda. Manbaning ta'kidlashicha, Tokio Olimpiadani bekor qilish to'g'risida o’z nomiga putur yetkazmay e'lon qilish imkoniyatini qidirmoqda. “Hech kim buni birinchi bo'lib aytishni istamayapti, ammo yakdil fikrga kelindi: bu juda qiyin. Shaxsan menimcha, Olimpiada o’tkazilmaydi », - dedi manba. Bekor qilinganidan so'ng, uning so'zlariga ko'ra, Yaponiya asosiy e'tiborni 2032-yilda Tokio yozgi o'yinlarini o'tkazishga qaratadi. Bu tashkilotchisi hali aniqlanmagan eng yaqin Olimpiada. Xalqaro Olimpiya qo'mitasi (XOQ) Tokioda shu yilning 23-iyuldan 8-avgustgacha bo'lib o'tishi kerak bo'lgan Olimpiya o'yinlarini bekor qilishni rad etdi. Shu bilan birga, yaponlarning 80 foizdan ko'prog'i COVID-19 pandemiyasi tufayli 2021-yilning yoziga qoldirilgan Tokiodagi yozgi Olimpiya o'yinlarini qayta qoldirishni yoki butunlay bekor qilishni xohlamoqda.